2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda kichik hajmli avtomobillarni import qilish bo‘yicha bojxona imtiyozlari amal qilishdan to‘xtadi. Bu haqdagi ma’lumotni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tasdiqladi.
Imtiyozli tartib 2023 yil iyun oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy etilgan edi. Unga ko‘ra, 2025 yil oxirigacha dvigatel hajmi 1000 kub sm gacha bo‘lgan avtomobillar nol boj bilan, 1200 kub sm gacha bo‘lgan avtomobillar esa 5% boj stavkasi bilan olib kirilgan.
Endilikda kichik hajmli xorijiy avtomobillar 2 litrgacha dvigatel hajmiga ega avtomobillar uchun belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq boj olinadi. Yangi tartibga ko‘ra, boj miqdori bojxona qiymatining 15%ini hamda dvigatel hajmining har bir kub santimetri uchun 40 AQSh sentini tashkil etadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida mamlakatda avtomobil savdosi 101,1 ming donani tashkil etib, oktabrga nisbatan 10%ga kamaygan.
Shu bilan birga, import avtomobillarga bo‘lgan talab oshishda davom etdi. Ularning oylik savdosi 5 ming donaga yetib, oylik o‘sish 11,1%ni ko‘rsatdi.
