8-yanvardan metan zapravkalar ish vaqti vaqtincha cheklanadi

Gaz bosimi pasaygani sababli metan zapravkalar 10:00–16:00 oralig‘ida ishlaydi, ustuvorlik aholi va ijtimoiy obyektlarga beriladi

❤️ 1 likes🗓 1/7/2026
8-yanvardan metan zapravkalar ish vaqti vaqtincha cheklanadi

Magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilayotgani sababli respublika bo‘ylab bir qator zarur choralar ko‘rilmoqda. Ushbu choralarning asosiy maqsadi — aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror va uzluksiz ta’minlashdan iborat.

Shu munosabat bilan, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda. Ertaga, 8-yanvardan boshlab metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar xizmat ko‘rsatadi.

Mazkur qaror gaz ta’minotida yuzaga kelayotgan bosim pasayishlari sharoitida, birinchi navbatda, aholi ehtiyojlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash zaruratidan kelib chiqib qabul qilindi.

Farg‘ona vodiysi hududida esa metan zapravkalarning ish vaqti gaz bosimi holatidan kelib chiqib, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bu hududda ta’minot rejimi vaziyatga qarab moslashtiriladi.

Gaz bosimi pasaygan davrlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transporti hamda ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Jamoat transportining barqaror ishlashi va aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish muhim hisoblanadi.

Shu sababli, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmiga qarab metan zapravkalarning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bu choralar gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror ta’minotni ta’minlashga qaratilgan.

Mazkur cheklovlar vaqtincha bo‘lib, hozirda gaz bosimini me’yoriy holatga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Telegram kanalimizga azo bo'ling