Elchixona bayonotiga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti DV dasturi bo‘yicha barcha immigratsion vizalar berilishini vaqtincha to‘xtatgan. Shunga qaramay, arizachilar hujjat topshirishlari va belgilangan vizaviy suhbatlarda ishtirok etishlari mumkin, ammo vizalar berilmaydi.
“Elchilik DV dasturi bo‘yicha ariza topshiruvchilar hujjat topshirishlari va suhbatlarda qatnashishlari mumkinligini, Davlat departamenti esa uchrashuvlarni belgilashda davom etishini, biroq DV vizalari berilmasligini bildiradi. Mavjud suhbat sanalari, odatda, ko‘chirilmaydi yoki bekor qilinmaydi”, — deyiladi bayonotda.
Elchixona qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan arizachilar xabardor qilinishini ma’lum qildi.
Avvalroq AQSh Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmadan so‘ng Green Card lotereyasini to‘xtatgan edi. Ushbu hodisada 18 yoshli O‘zbekistonlik fuqaro jabrlanganlar orasida bo‘lgan. AQSh rasmiylariga ko‘ra, otishmada gumon qilinayotgan shaxs mamlakatga Diversity Visa dasturi orqali kirgan.
Menu
