Chevrolet Traverse Z71 — yangi avlod yengilmas SUV

2,5L turbo dvigatel • 328 ot kuchi • 8 pog‘onali avtomat • To‘liq yuritma Z71

❤️ 0 likes🗓 12/31/2025
Chevrolet Traverse Z71 — yangi avlod yengilmas SUV

Oʻzbekistonga Chevrolet Traverse Z71 — mutlaqo yangi, salobatli va yo‘l tanlamas krossover kirib kelmoqda. Ushbu model shiddat, zamonaviy texnologiyalar va yorqin dizaynni o‘zida mujassam etgan.

Murakkab yoʻllarda ortga chekinmaydigan Traverse Z71 ishonchli harakatni ta’minlab, hatto ekstremal sharoitlarda ham muammosiz olg‘a yuradi.

2,5 litrli turbinali dvigatel 328 ot kuchini taqdim etadi, 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va ikki muftali to‘liq yuritma tizimi esa haydovchiga to‘liq nazorat va kuchli drayv hissini beradi.

Chevrolet Traverse Z71 shiddat va oʻziga ishonch hissini qadrlaydigan, har qanday vaziyatda maksimal natijani xohlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.

Telegram kanalimizga azo bo'ling