Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Mayamida o‘tkaziladigan G20 sammitiga taklif etadi

Mirziyoyev va Tramp savdo aloqalari, hamkorlik va xalqaro masalalarni muhokama qildi

❤️ 1 likes🗓 12/23/2025
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Mayamida o‘tkaziladigan G20 sammitiga taklif etadi

23 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Donald Tramp ushbu muloqot haqida Truth Social platformasida izoh qoldirib, kun davomida Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan “juda yaxshi telefon suhbatlari” o‘tkazganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda davom etayotgan mojarolarga tinchlik yo‘li bilan yechim topish, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi savdo va hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, AQSh prezidenti O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan munosabatlarni yuqori baholab, kelasi yili Mayami shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan G20 sammitiga Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayevni taklif qilish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Telegram kanalimizga azo bo'ling