Tavsiya etilgan chakana narxlar: 134 439 000 so‘mdan 154 128 000 so‘mgacha
UzAuto Motors ikki yangi tijorat avtomobilining — yuk tashishga mo‘ljallangan Chevrolet Damas Max va yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan Chevrolet Damas Move modellarining bozorga chiqarilishini e’lon qiladi. Har ikkala avtomobil ham tadbirkorlar va oilaviy mijozlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, sig‘im, samaradorlik va qulaylikning optimal uyg‘unligini taklif etadi.
Chevrolet Damas Move — qulaylik va universallik
Yangi Chevrolet Damas Move zamonaviy qulaylik, xavfsizlik va funksionallik talablariga to‘liq javob beradi. 7 nafar yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan ushbu avtomobil oilaviy sayohatlar hamda biznes uchun birdek mos keladi.
- Keng va ergonomik salon
- Uchinchi qator o‘rindiqlari ortida joylashgan yukxona — 496 l
- Ishonchli va xizmat ko‘rsatish uchun qulay texnik yechimlar
Mavjud dvigatellar:
- 1.2 l, 81 ot kuchi — 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi
- 1.5 l, 103 ot kuchi — 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi
Chevrolet Damas Max — biznes uchun amaliy yechim
Chevrolet Damas Max 650 kg gacha yuk ko‘tarish qobiliyati va 3 m³ dan ortiq foydali yukxona hajmiga ega bo‘lib, kundalik tijorat faoliyati uchun eng maqbul tanlov hisoblanadi.
Asosiy jihozlanish
- Haydovchi va old yo‘lovchi uchun xavfsizlik yostiqchalari
- ABS + EBD va elektron barqarorlik tizimi
- Masofadan boshqariladigan kalitli markaziy qulf
- O‘g‘irlikka qarshi tizim va standart signalizatsiya
-
Konditsioner:
- ikki zonali — Damas Move
- bir zonali — Damas Max
Oldingi avlod bilan solishtirgandagi asosiy yaxshilanishlar
- Dvigatel quvvati: 81 va 103 ot kuchi (+43 va +65 ot kuchi)
- Yuk ko‘tarish qobiliyati: 650 kg (+250 kg)
- Yukxona hajmi (yuk tashish versiyasi): 3 050 l (+850 l)
- G‘ildiraklar bazasi: 2 850 mm (+1 010 mm)
- Uzunligi: 4 425 mm (+930 mm)
- Kengligi: 1 670 mm (+270 mm)
Tavsiya etilgan chakana narxlar
| Model | Komplektatsiya | Narx (so‘m) |
|---|---|---|
| Damas Max | VAN 1.2 LV0 | 134 439 000 |
| Damas Max | VAN 1.5 LV0 | 142 471 000 |
| Damas Move | PAS 1.2 LV0 | 139 675 000 |
| Damas Move | PAS 1.2 LV1 | 144 563 000 |
| Damas Move | PAS 1.5 LV0 | 149 011 000 |
| Damas Move | PAS 1.5 LV1 | 154 128 000 |
Sotuvlarning aniq boshlanish sanasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. Damas modelining avvalgi avlodi ishlab chiqarilishi davom ettiriladi va u Chevrolet’ning barcha rasmiy dilerlik markazlarida mavjud bo‘lib qoladi.
Qo‘shimcha ma’lumotni UzAuto Motors call-markazi orqali +998 78 141 77 77 raqami, chevrolet.uz sayti hamda Chevrolet rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.




