Vazirlikdan muhim e’lon: metan zapravkalari endi kuniga atigi 6 soat ishlaydi

Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, bugun — 22 dekabr kuni respublika hududidagi barcha metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari soat 10:00 dan 16:00 gacha odatdagi ish tartibida faoliyat olib boradi.

❤️ 3 likes🗓 12/23/2025
Vazirlikdan muhim e’lon: metan zapravkalari endi kuniga atigi 6 soat ishlaydi

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 22 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha barcha metan zapravkalari soat 10:00 dan 16:00 gacha odatiy rejimda ishlaydi. Ushbu vaqt oralig‘ida haydovchilarga metan quyish xizmati cheklovlarsiz ko‘rsatiladi.

So‘nggi kunlarda ayrim hududlarda metan quyish shoxobchalari ish vaqti vaqtincha o‘zgartirilgan edi. Bu choralar sovuq mavsumda aholi va ijtimoiy obyektlarni gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida joriy qilingan.

Shuningdek, ba’zi viloyatlarda kechki soat 00:00 dan ertalabgacha metan quyish shoxobchalariga kelgan haydovchilarga chegirmalar taqdim etilmoqda.

Telegram kanalimizga azo bo'ling