Yangi Kia Carens bir nechta komplektatsiyalarda taqdim etilib, qulaylik, xavfsizlik va oilaviy foydalanishga yo‘naltirilgan yechimlarni o‘zida mujassam etadi. Model keng 7 o‘rinli salon, zamonaviy texnologiyalar va Kia’ga xos dizayn uyg‘unligi bilan ajralib turadi.
Kia Carens komplektatsiyalari va narxlari
Comfort — 339 900 000 so‘mdan. Ushbu versiya 1.5 MPI (115 ot kuchi) benzin dvigateli bilan jihozlangan. Asosiy jihozlar tarkibiga ikkinchi va uchinchi qator o‘rindiqlari uchun tom qismida joylashgan havo kanallari, elektr sozlanadigan va isitiladigan yon ko‘zgular, galogen faralar hamda 16 dyuymli po‘lat disklar kiradi.
Luxe — 369 900 000 so‘mdan. 1.5 MPI / 115 ot kuchi dvigateli bilan taklif etiladi va qo‘shimcha ravishda old o‘rindiqlarni isitish funksiyasi, ikkinchi va uchinchi qator uchun tomdagi havo kanallari, elektr sozlanadigan va isitiladigan yon ko‘zgular hamda ko‘zgularni elektr orqali buklash imkoniyatini taqdim etadi.
Premium CVT — 429 900 000 so‘mdan. Ushbu komplektatsiya ham 1.5 MPI / 115 ot kuchi dvigateli bilan jihozlanib, qulaylik darajasini oshiruvchi old o‘rindiqlarni isitish, ikkinchi va uchinchi qator yo‘lovchilari uchun tomdagi havo kanallari, elektr sozlanadigan va isitiladigan yon ko‘zgular hamda tom relslari bilan ajralib turadi.
Premium 7DCT — 449 900 000 so‘mdan. Eng yuqori darajadagi ushbu versiya kuchliroq 1.5 T-GDI (160 ot kuchi) benzin dvigateli bilan taqdim etiladi. Jihozlar qatoriga old o‘rindiqlarni isitish, elektr sozlanadigan va isitiladigan yon ko‘zgular, ikkinchi va uchinchi qator uchun tomdagi havo kanallari hamda tom relslari kiradi.
Xavfsizlik va ADAS texnologiyalari
Yangi Kia Carens zamonaviy ADAS xavfsizlik tizimlari majmuasi bilan jihozlangan bo‘lib, haydovchi va yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi himoyani ta’minlaydi. Avtomobil Stop&Go funksiyasiga ega intellektual kruiz-nazorat SCC, old to‘qnashuvning oldini oluvchi FTelegram kanalimizga azo bo'ling
