Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida elektron to‘lov tizimlari orqali pul mablag‘larini o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlar narxlari 8,7 foizga oshgan.
Shu bilan birga, bank muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar qiymati ham o‘sish dinamikasini namoyon etdi. Xususan, mazkur xizmatlar narxlari hisobot davrida 6,9 foizga qimmatlashgani qayd etilgan.
