“Bichok” qo‘lga olindi: taksi haydovchilaridan noqonuniy ulush undirgan jinoiy guruh fosh etildi

IIV tezkor amaliyoti, taksi haydovchilariga bosim va zo‘ravonlik, uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

❤️ 0 likes🗓 1/9/2026
“Bichok” qo‘lga olindi: taksi haydovchilaridan noqonuniy ulush undirgan jinoiy guruh fosh etildi

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan Toshkent viloyati va poytaxt yo‘nalishida harakatlanuvchi taksi haydovchilaridan noqonuniy ravishda pul undirib kelgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, “Bichok” laqabli shaxs boshchiligidagi guruh a’zolari uzoq vaqt davomida taksi haydovchilarini tahqirlab, ularga nisbatan zo‘ravonlik va qo‘rqitish usullarini qo‘llagan holda, har oy muntazam ravishda noqonuniy ulush talab qilib kelgan.

Jinoiy guruh haydovchilarning Toshkent viloyati va Toshkent shahri o‘rtasida erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilib, bosim orqali ularni pul to‘lashga majbur qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur uyushgan jinoiy guruhning noqonuniy faoliyati to‘liq fosh etilib, uning a’zolari qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, jinoiy guruh faoliyatiga oid barcha holatlar va qo‘shimcha epizodlar aniqlanmoqda.

Join us in telegram

Recommended

“Bichok” Caught: Organized Crime Group Extorting Taxi Drivers Dismantled

MIA special operation, pressure and violence against taxi drivers, organized criminal group brought to an end

Invalid Date

2025: A Breakthrough Year for Uzbekistan’s Taxi Market

In 2025, Uzbekistan’s legal taxi sector recorded explosive growth driven by digital platforms, tax integration, and drivers leaving the shadow economy, pushing turnover past 9.62 trillion soums, increasing trip volumes, reshaping income patterns, and highlighting ongoing challenges in fleet quality and service culture.

Invalid Date

New benefits for electric car owners: 300 soums per kWh, "Nature Defender" badge for 1 million km

Starting in 2026, electric vehicle charging costs will be subsidized, taxi drivers will receive tax breaks and free parking, and those who drive 1 million kilometers without violations will be awarded a special badge.

Invalid Date