O‘zbekistonda onlayn kredit va mikroqarzlar bilan bog‘liq firibgarlik holatlarida fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha aniq tartib joriy etildi. Yangi qoidalarga ko‘ra, agar fuqaro bunday jinoyat qurboni sifatida rasman tan olinsa, uning firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirilgan qarz bo‘yicha majburiyatlari to‘xtatiladi va oldin yechib olingan mablag‘lar qaytariladi.
Jarayon qanday boshlanadi?
Agar fuqaro o‘z nomiga noqonuniy ravishda mikroqarz rasmiylashtirilganini aniqlasa, u ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qiladi. Shundan so‘ng dastlabki tekshiruv, surishtiruv va tergovga qadar bo‘lgan harakatlar olib boriladi.
Jabrlanuvchi maqomi qanday beriladi?
Agar tekshiruv natijasida kredit firibgarlik yo‘li bilan olingani tasdiqlansa, tergovchi, prokuror yoki sud fuqaroning jabrlanuvchi ekanini tasdiqlovchi rasmiy hujjat chiqaradi. Ushbu hujjat kredit ajratilgan axborot tizimini yurituvchi tashkilotga yuboriladi.
Kredit tashkiloti qanday choralar ko‘radi?
Mazkur hujjatni olgach, kredit tashkiloti darhol foizlar, jarimalar va penya hisoblashni to‘xtatishi shart. Shu bilan birga, qarzni undirish bo‘yicha barcha harakatlar ham bekor qilinadi.
Oldin undirilgan mablag‘lar qaytariladimi?
Agar tashkilot tomonidan avval mablag‘lar yechib olingan bo‘lsa, ular sud qaroriga asosan jabrlanuvchining bank kartasiga yoki ko‘rsatilgan hisob raqamiga qaytariladi. Qaytarish jarayoni sud qarori kuchga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida amalga oshirilishi kerak.
Kredit tashkilotlari o‘zini qanday himoya qilishi mumkin?
Agar kredit tashkiloti firibgarlik holati yuzasidan shubha qilsa, u tergov yoki sud qaroridan norozi bo‘lib, ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilish ҳуқуқига эга. Агар қайта кўриб чиқиш натижасида firibgarlik aniqlanmasa, tashkilot qarz va unga bog‘liq to‘lovlarni yana undirishni davom ettirishi mumkin.
Asl aybdordan zarar qanday undiriladi?
Yetkazilgan zararni haqiqiy firibgardan undirish учун kredit tashkiloti tergov va sud jarayonlarida fuqarolik da’vogar sifatida иштирок этади. Aybdor aniqlangach, tashkilot zararlarni to‘liq qoplash uchun unga nisbatan regress tartibida da’vo kiritishi mumkin.
