Ўзбекистонда автомобиллар учун экологик стикерлар тизими ишга туширилди

2026 yildan O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun ekologik stikerlar joriy etiladi: ularni qanday olish mumkin va haydovchilar nimani bilishi kerak?

❤️ 3 likes🗓 12/23/2025
Ўзбекистонда автомобиллар учун экологик стикерлар тизими ишга туширилди

O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan “Ekologik transport” tizimi ishga tushiriladi. Avtomobillar atrof-muhitga ta’siriga qarab yashil, sariq va qizil rangdagi ekostikerlar bilan belgilanadi. Ekostikerlar ixtiyoriy va bepul taqdim etiladi.

Ekologik stiker olish uchun haydovchi quyidagilarni bajarishi kerak:

My.gov portali orqali onlayn ariza topshirish

Avtomobil ma’lumotlarining tahlil qilinishini kutish

Ekostikerni pochta orqali yashash manzilida qabul qilib olish

Stikerni avtomobil oynasining belgilangan joyiga yopishtirish

Agar sariq yoki qizil stiker berilsa, diagnostika markaziga borib bepul texnik ko‘rikdan o‘tish

Ekologik me’yorlarga mos kelganda yashil stiker olish

Eslatib o‘tamiz, avtomobil qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda yoki texnik ko‘rik jarayonida ekostikerlar qayta rasmiylashtiriladi. Tizim 2034 yilgacha barcha hududlarni qamrab olishi rejalashtirilgan.

Join us in telegram