2026 yilda O‘zbekiston yengil sanoat korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish: yangi qo‘llab-quvvatlash choralari

Prezidentning 2026 yil 12-yanvardagi PF–4-son Farmoni asosida to‘qimachilik korxonalarini toifalash tizimi joriy etilib, ularni tashqi bozorlarda qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy mexanizmlar kengaytirildi

❤️ 1 likes🗓 1/15/2026
2026 yilda O‘zbekiston yengil sanoat korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish: yangi qo‘llab-quvvatlash choralari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–4-son Farmoni (12.01.2026 y.) qabul qilindi. Ushbu hujjat yengil sanoat tarmog‘ini moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan tizimli islohotlarni nazarda tutadi.

Farmonga muvofiq, to‘qimachilik korxonalari iqtisodiy va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi. Mazkur toifalash asosida korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli dastur amalga oshiriladi.

Hujjat doirasida quyidagi imkoniyatlarga ruxsat etiladi:

  • tijorat banklari tomonidan 2 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan kreditlarni Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi resurslari hisobidan ajratish, bunda garov sifatida korxonalar tomonidan xarid qilingan va to‘lovi to‘liq amalga oshirilgan yoki o‘zlari yetishtirgan xomashyo qabul qilinadi;
  • moliyaviy sog‘lomlashtirish imkoniyati mavjud deb topilgan korxonalarning avval olingan tijorat kreditlari muddatini 7 yilgacha uzaytirish;
  • paxta xomashyosi xaridi uchun jalb qilingan kreditlar bo‘yicha 2026–2027 yillarda yanvar–fevral oylariga belgilangan to‘lovlarni kredit shartnomasiga asosan oxirgi 6 oyga teng ulushlarda taqsimlab to‘lash.

Mazkur chora-tadbirlar yengil sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning eksport salohiyatini kuchaytirish hamda xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Join us in telegram

Recommended

Uzbekistan Banking Sector in 2025: Record Profits, Deposit Growth, and Financial Stability

Banks reported net profits of UZS 13.5 trillion (+57%), assets reached UZS 892.9 trillion, deposits grew by 31%, and non-performing loans declined to 3.5%

Invalid Date

Financial Rehabilitation of Uzbekistan’s Light Industry Enterprises in 2026: New Government Support Measures

Under Presidential Decree PF–4 dated January 12, 2026, a classification system for textile enterprises is introduced and financial support mechanisms are expanded to strengthen their position in international markets

Invalid Date

Tax Incentives for Entrepreneurs in Uzbekistan: New Benefits for Light Industry and Related Sectors

According to the Presidential Decree, tax reliefs are introduced for light industry, cotton procurement, textile, footwear, and leather-processing enterprises for the period 2026–2029

Invalid Date

Yangi Bank JSC License Revoked: Official Statement from the Central Bank of Uzbekistan

The Central Bank has decided to terminate the bank’s operations, while depositors’ funds will be compensated under state guarantee mechanisms

Invalid Date

Uzbekistan Boosts Tractor Production: 483 Units Manufactured in Just 11 Months

23.2% Growth Signals Rapid Development of the Agricultural Machinery Industry

Invalid Date

Compensation for Hazardous Working Conditions Discussed at Shurtan Gas Chemical Complex

Uzbekneftegaz Chairman Abdugani Sanginov held an open dialogue with Shurtan GCC employees, focusing on industry reforms, labor conditions, social support, hazardous work compensation, and infrastructure development

Invalid Date

Truck Production in Uzbekistan Increases by 31% in the First 11 Months of 2025

According to the National Statistics Committee, over 4.1 thousand trucks were manufactured in Uzbekistan from January to November 2025

Invalid Date

Online Payment Service Prices Rise Sharply in 2025

Costs of electronic payment services increased by 8.7%, while banking service prices rose by 6.9%

Invalid Date