Buxoroda sifatsiz benzin sabab avtomobilga yetkazilgan 14,4 mln so‘m zarar qoplab berildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bir nechta hududlarda avtomobillar bilan bog‘liq shikoyatlar bo‘yicha zararni qoplash, kechiktirilgan yetkazib berish va bepul kafolat ta’miri ta’minlanganini ma’lum qildi

❤️ 0 likes🗓 1/6/2026
Buxoroda sifatsiz benzin sabab avtomobilga yetkazilgan 14,4 mln so‘m zarar qoplab berildi

Buxoro viloyatida sifatsiz yonilg‘i tufayli avtomobilida nosozlik yuzaga kelgan iste’molchining deyarli 14,4 million so‘mlik zarari qoplab berildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita hududiy boshqarmasi fuqaroning “Narzulloobod Javohiri” XK yonilg‘i quyish shoxobchasidan xarid qilingan 10 litr Ai-95 benzin sabab avtomobilida nosozlik paydo bo‘lgani haqidagi murojaatini ko‘rib chiqqan. Servis xulosasi asosida maxsus komissiya korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atib, yetkazilgan 14,4 million so‘mlik zarar iste’molchiga qoplab berilishini ta’minlagan.

Qo‘mita, shuningdek, avtomobil yetkazib berish, xarid qilish va kafolatli servis xizmatlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar yuzasidan boshqa holatlar bo‘yicha ham ma’lumot berdi.

Jizzax viloyatida Chevrolet Tracker Premier Plus avtomobilidagi dvigatel nuqsoni aniqlangach, transport vositasi xuddi shu qiymatdagi yangi avtomobilga almashtirib berildi.

Qashqadaryo viloyatida to‘loviga qaramay o‘z vaqtida yetkazilmagan Cobalt avtomobili egasiga topshirilishi ta’minlandi.

Navoiy viloyatida Onix avtomobilining old eshik qoplamasidagi nuqsonlar bartaraf etildi hamda nosoz akkumulyator sifatlisiga almashtirildi.

Samarqand viloyatida belgilangan muddatda yetkazilmagan Cobalt bo‘yicha fuqaro murojaati ko‘rib chiqilib, avtomobil qisqa muddatda topshirildi.

Surxondaryo viloyatida 173 mln so‘mlik Chery avtomobilida qisqa muddatda yuzaga kelgan nosozlik avtosalon tomonidan to‘liq ta’mirlab berildi.

Toshkent viloyatida kafolatdagi Kia Sonet avtomobilida aniqlangan texnik nosozlik bartaraf etildi va moy hamda filtr bepul almashtirib berildi.

Toshkent shahrida nuqsonli Damas-2 D2 Style Plus avtomobili sifatlisiga almashtirib berildi.

Manba

Join us in telegram

Recommended

U.S. Freezes Diversity Visa Issuance Amid Security Review

Современные технологии, высокая мощность и максимальный комфорт

Invalid Date

UzAuto Motors — New Chevrolet Damas

UzAuto Motors Launches New Chevrolet Damas Max and Damas Move (139,675,000 uzs)

Invalid Date

Uzbekistan Introduces Customs and Tax Incentives for EV Infrastructure, Silk Industry, and Waste Management

From 2026, Uzbekistan will exempt EV charging equipment and silk industry imports from customs duties and introduce a 1% tax rate for waste management companies until 2031

Invalid Date

China’s First Truly Powerful Gaming Graphics Card — A Real Challenger to

Lisuan G100 and the 7G106 model: 6nm TSMC process, 12GB GDDR6, proprietary upscaling technology, and market debut in 2026

Invalid Date

Uzbekistan Increases Import Duties on Small-Engine Cars Starting 2026

From January 1, 2026, preferential rates are отменed: vehicles with engines up to 2 liters face a 15% duty plus $0.4 per cubic centimeter

Invalid Date

US Expands Visa Bond Requirement List, Requiring Up to $15,000 From Citizens of 13 Countries

Seven additional countries were added effective January 1, most of them in Africa, as part of stricter US measures to prevent visa overstays

Invalid Date

14.4 Million UZS Damage Compensated in Bukhara Due to Low-Quality Fuel

The Competition Development and Consumer Rights Protection Committee ensured compensation and resolved car defects across multiple regions, including engine replacements, delayed deliveries, and free warranty repairs

Invalid Date

New Kia Carens 2026 in Uzbekistan: Prices, Trims, Features and Technology

Prices from 339,900,000 UZS, 1.5 MPI and 1.5 T-GDI engines, ADAS safety systems, 7-seat interior, 12.3” + 12.3” panoramic display

Invalid Date