Rossiya AQSh tomonidan ta’qib qilinayotgan neft tankerini qo‘riqlash uchun harbiy kemalar yubordi

Ilgari Venesuela neftini tashigan va sanksiyalar bilan bog‘liq tarixga ega tanker atrofida AQShning ehtimoliy musodara rejasi fonida Rossiya flotining hamrohligi va xalqaro keskinlik kuchaymoqda

❤️ 0 likes🗓 1/7/2026
Rossiya AQSh tomonidan ta’qib qilinayotgan neft tankerini qo‘riqlash uchun harbiy kemalar yubordi
Rossiya AQSh tomonidan ta’qib qilinayotgan neft tankerini qo‘riqlash uchun harbiy kemalar yubordi

Rossiya Atlantika okeanida AQSh kuchlari tomonidan ta’qib qilinayotgan neft tankerini kuzatib borish uchun harbiy-dengiz kuchlarini jalb qildi. Bu haqda BBC’ning AQShdagi hamkori CBS News xabar berdi.

Hozirda yuk tashimayotgan ushbu kema avval Venesuela xom neftini tashishda foydalanilgan. Seshanba kuni u Shotlandiya va Islandiya oralig‘ida bo‘lgani taxmin qilindi.

O‘tgan oy AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga kirib-chiqayotgan sanksiyalangan neft tankerlariga nisbatan “blokada” e’lon qilganini aytgan edi. Venesuela hukumati bu qarorni “o‘g‘irlik” deb baholagan.

O‘tgan shanba kuni mamlakatning sobiq yetakchisi Nikolas Maduroning Karakasda qo‘lga olinishi arafasida Tramp Venesuela hukumatini AQShga giyohvand moddalar olib kirishda kemalardan foydalanayotganlikda bir necha bor ayblagan.

O‘tgan oy AQSh Sohil xavfsizlik xizmati Karib dengizida Bella 1 tankerini tekshirishga uringan. O‘sha vaqtda kema Venesuelaga yo‘l olgani taxmin qilingan edi. AQSh rasmiylari kemani musodara qilish uchun orderga ega bo‘lib, uni AQSh sanksiyalarini buzishda va Eron neftini tashishda ayblagan.

Shundan so‘ng tanker keskin ravishda yo‘nalishini o‘zgartirdi, shuningdek nomini Marinera deb almashtirdi va xabarlarga ko‘ra, Gayana bayrog‘idan voz kechib, Rossiya bayrog‘i ostida qayta ro‘yxatdan o‘tdi.

Uning Yevropaga yaqinlashuvi AQShning o‘nga yaqin harbiy-transport samolyotlari hamda vertolyotlarining mintaqaga yetib kelishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi va vaziyatga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.

Rossiya tomoni kema atrofidagi vaziyatni “tashvish bilan kuzatayotgani”ni ma’lum qildi.

AQShning ikki nafar rasmiysi CBS News’ga seshanba kuni Amerika kuchlari kemani tekshirishni rejalashtirayotganini, Vashington esa uni cho‘ktirishdan ko‘ra musodara qilishni afzal ko‘rayotganini bildirgan.

Shu kuni AQSh Qurolli Kuchlarining Janubiy qo‘mondonligi ijtimoiy tarmoqlarda AQSh hukumat agentliklari bilan hamkorlikda mintaqadan o‘tayotgan sanksiyalangan kemalar va shaxslarga qarshi turishga tayyor ekanini e’lon qildi.

Bayonotda Amerika dengiz kuchlari “hushyor, tezkor va e’tiborga molik kemalarni kuzatishga shay” ekani, zarurat tug‘ilganda darhol harakatga o‘tishi ta’kidlandi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, seshanbaga o‘tar kechasi Marinera Shotlandiya va Islandiya oralig‘ida bo‘lgan, uzoq masofa va noqulay ob-havo esa ehtimoliy tekshiruv operatsiyasini qiyinlashtirgan.

Agar Buyuk Britaniya hududidan har qanday AQSh harbiy amaliyoti amalga oshirilsa, Vashington avval o‘z ittifoqchisini xabardor qilishi kutiladi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi boshqa davlatlarning harbiy faoliyati bo‘yicha izoh bermasligini ma’lum qildi.

CBS News manbalariga ko‘ra, AQSh o‘tgan oy amalga oshirilgan operatsiyaga o‘xshash chorani qo‘llashi mumkin. O‘shanda AQSh dengiz piyodalari va maxsus kuchlari Sohil xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Venesuela portidan chiqqan, Gayana bayrog‘i ostidagi The Skipper nomli yirik neft tankerini qo‘lga olgan edi.

Avtomatik identifikatsiya tizimi (AIS) ma’lumotlari, garchi ularni soxtalashtirish mumkin bo‘lsa-da, seshanba kuni tanker Yevropa qit’asidan taxminan 2 000 kilometr g‘arbda, Shimoliy Atlantikada bo‘lganini ko‘rsatadi.

Xalqaro dengiz huquqiga ko‘ra, muayyan davlat bayrog‘i ostida suzayotgan kemalar o‘sha davlat himoyasida bo‘ladi. Biroq Kpler kompaniyasining risk va muvofiqlik bo‘yicha katta tahlilchisi Dimitris Ampatsidisning aytishicha, nom va bayroqni o‘zgartirish katta ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin.

Uning ta’kidlashicha, AQShning harakatlari “kemani aniqlovchi asosiy ma’lumotlar (IMO raqami), egalik va boshqaruv tarmoqlari hamda sanksiyalar tarixi” asosida belgilanadi, tashqi belgilar yoki bayroq esa hal qiluvchi omil emas.

Ampatsidis Rossiya reyestriga o‘tish “diplomatik keskinlik” keltirib chiqarishi mumkinligini, biroq bu AQShning majburlov choralarini to‘xtatmasligini qo‘shimcha qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida kema “hozirda Shimoliy Atlantikaning xalqaro suvlarida Rossiya Federatsiyasi davlat bayrog‘i ostida va xalqaro dengiz huquqi normalariga to‘liq rioya qilgan holda harakatlanayotgani” aytildi.

Vazirlik, shuningdek, tinch maqomiga qaramay, Rossiya kemasiga AQSh va NATO tomonidan “oshirilgan va mutanosib bo‘lmagan darajada e’tibor qaratilayotganini” qayd etdi.

“Ochiq dengizlarda erkin suzish tamoyiliga sodiqligini e’lon qilayotgan G‘arb davlatlari ushbu prinsipga amalda ham rioya qilishini kutamiz”, — deyiladi bayonotda.

Neft tankeri atrofidagi ehtimoliy qarama-qarshilik AQShning Karakasda Nikolas Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha o‘tkazgan operatsiyasidan atigi bir necha kun o‘tib yuz bermoqda. Ushbu amaliyot davomida uni va uning rafiqasini qurol va giyohvand moddalar bilan bog‘liq ayblovlar asosida olib chiqish maqsadida shahar hududidagi nishonlarga zarbalar berilgan.

Join us in telegram

Recommended

DOJ Pushes Back on Epstein Files Allegations Involving Trump

Justice Department says newly released Epstein records include false, unverified claims and fabricated documents

Invalid Date

Details of Closed-Door Talks Between Putin and Bush Revealed: Ukraine, NATO, and Post-Soviet Territories

Declassified transcripts published in the United States shed light on private meetings between the Russian and U.S. presidents from 2001 to 2008

Invalid Date

Fifteen Years of Security: Zelensky and Trump Signal Ukraine Peace Deal Nearing Finish Line

During high-stakes Florida talks, President Zelensky said Washington proposed fifteen-year security guarantees, while unresolved disputes over territory and the Zaporizhzhia nuclear plant remain, as Donald Trump and Moscow cautiously suggest a peace deal

Invalid Date

In Some Areas of Venezuela, Facilities Were Targeted — Trump Says

Port areas, an explosion, and limited details raise questions around a US operation US President Donald Trump said that facilities in certain areas of Venezuela were targeted as part of Washington’s pressure campaign against the country, though he offere

Invalid Date

Explosions in Caracas as US Strikes Hit Venezuelan Military Sites

Smoke rises over Venezuela’s capital after reported US military strikes; government condemns attack as aggression amid power outages

Invalid Date

Where Is Maduro and Why Are Allied Countries Silent? Key Questions After the U.S. Operation in Venezuela

Nicolás Maduro is reported to have been taken to New York but has not appeared publicly, while Venezuela’s allies respond with cautious statements or remain silent

Invalid Date

Trump Says US Will Run Venezuela After Strikes and Capture of President Maduro — Live Update

US president announces control over Venezuela until a “safe transition,” warns of larger second attack and confirms charges against Maduro

Invalid Date

Nicolás Maduro Detained: How the US Captured Venezuela’s President and Took Him to a Brooklyn Jail

Maduro transferred to New York’s Metropolitan Detention Center on drug and weapons charges amid escalating US military and political pressure on Venezuela

Invalid Date