Tojikistondan olib kirilgan 32 kgdan ortiq narkotik moddalar muomalasi to‘xtatildi

Farg‘ona viloyatida yirik transchegaraviy narkojinoyat tarmog‘i fosh etilib, opiy, gashish va yashirin laboratoriya aniqlandi

❤️ 0 likes🗓 1/6/2026
Tojikistondan olib kirilgan 32 kgdan ortiq narkotik moddalar muomalasi to‘xtatildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan narkotik moddalar muomalasiga chek qo‘yildi.

Birinchi holatda Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Oshxona qismida 4 kg 572 g opiy va 1 kg 58 g gashish aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan messenjer orqali yuborilgan geolokatsiya asosida Dang‘ara tumani hududida yashirib ketilgan 9 kg 980 g opiy moddasi musodara qilindi.

Tekshiruvlar davomida Qo‘qon shahrida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan shaxs narkotik moddalarni qayta ishlash bilan shug‘ullanib, o‘z uyida narkolaboratoriya tashkil etgani aniqlandi. Uning xonadonidan 7 kg 226 g opiy moddasi olib qo‘yildi.

Ikkinchi holatda Qo‘qon shahri hududida harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatildi. Transport vositasi ko‘zdan kechirilganda, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan avvalroq 34 ming AQSh dollariga sotib olingan 5 kg 22 g opiy moddasi aniqlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, narkotik moddani sotgan 1985 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro hamda uning jinoiy sherigi — Tojikiston Respublikasi fuqarosi ushlandi. Shuningdek, uning O‘zbekiston tumanidagi xonadonidan qo‘shimcha ravishda 2 kg 362 g opiy musodara qilindi.

Uchinchi holatda Qo‘qon shahrida Nexia rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirildi. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli sumka ichidan 982 g gashish moddasi topildi. Aniqlanishicha, mazkur narkotik modda oldindan tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan yashirib ketilgan maxfiy joydan olingan.

To‘rtinchi holat Farg‘ona shahrida qayd etilib, 2000 yilda tug‘ilgan shaxs Tojikistondan olib kelingan 989 g gashish moddasi­ni 150 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehti

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

Tojikistondan olib kirilgan 32 kgdan ortiq narkotik moddalar muomalasi to‘xtatildi

Farg‘ona viloyatida yirik transchegaraviy narkojinoyat tarmog‘i fosh etilib, opiy, gashish va yashirin laboratoriya aniqlandi

Invalid Date

Ispaniya AQSh Maduro­ni hibsga olganidan so‘ng rekord darajadagi 10 tonna kokainni qo‘lga oldi — tarixdagi eng yirik musodara

Ochiq dengizdagi eng yirik musodara: Braziliyadan Yevropaga yo‘nalish, White Tide operatsiyasi, 400 mln yevro va ekipajning 13 a’zosi hibsga olindi

Invalid Date

Toshkent viloyatida dori vositalari kontrabandasi fosh etildi: erkak 141 qadoqni yashirishga uringan

Toshkent viloyatidagi “Navoiy” bojxona postida shubhali fuqaro qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilib, uning ustidan 141 dona dori vositasi yashirilgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Invalid Date