Trederlar uchun qorqinchi tushga sababchi inson.: FRS raisi Jerom Pauell jinoiy tergov ostida

Jerom Pauell tergovni misli ko‘rilmagan holat deb atab, uni Donald Trampning foiz stavkalari bo‘yicha bosimi bilan bog‘ladi

❤️ 0 likes🗓 1/12/2026
Trederlar uchun qorqinchi tushga sababchi inson.: FRS raisi Jerom Pauell jinoiy tergov ostida

AQShda Federal rezerv tizimi (FRS) raisi Jerom Pauellga nisbatan tergov boshlangan. Bu haqda Pauellning o‘zi video murojaat orqali ma’lum qilib, Vashingtondagi FRS shtab-kvartirasini rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq jinoiy ish ochilganini aytdi.

Pauellning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi Federal rezerv tizimiga chaqiruv qog‘ozlari yuborgan hamda Senat qo‘mitasida FRS binosini ta’mirlash masalasi yuzasidan bergan ko‘rsatmalari sababli unga nisbatan jinoiy ayblovlar qo‘yilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Jerom Pauell ushbu tergovni «misli ko‘rilmagan» deb atadi va uning boshlanishini AQSh prezidenti Donald Trampning asosiy foiz stavkasini pasaytirish haqidagi talablarini rad etgani bilan bog‘ladi.

«Gap shundaki, Federal rezerv tizimi foiz stavkalarini iqtisodiy ma’lumotlar va real sharoitlarga asoslanib belgilashda davom etadimi yoki pul-kredit siyosati siyosiy bosim va qo‘rqitishlar ta’sirida shakllanadimi», — dedi Pauell.

U, shuningdek, demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi va hisobdorlik tamoyillarini chuqur hurmat qilishini ta’kidladi hamda FRS raisi ham, albatta, qonundan ustun emasligini qayd etdi. Shu bilan birga, Pauell vaziyatni amaldagi ma’muriyat tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy bosim va tahdidlar doirasida baholash kerakligini aytdi.

«Men qonun ustuvorligi va demokratiyamizdagi hisobdorlikni chuqur hurmat qilaman. Biroq bu misli ko‘rilmagan harakatni davom etayotgan siyosiy bosim va tahdidlar kontekstida ko‘rib chiqish lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Federal rezerv tizimi Donald Trampning chaqiriqlariga qaramay, asosiy foiz stavkasini o‘zgartirmagan edi. Bu qaror prezidentning keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi. Trampning FRS rahbariga qilgan hujumlaridan so‘ng AQSh fond indekslari va dollar kursi pasayishni ko‘rsatdi.

Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida Adliya vazirligi tomonidan Jerom Pauellga nisbatan olib borilayotgan tergov haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini bildirdi. Shunga qaramay, u FRS raisining faoliyatini tanqid qildi.

«Men bu haqda hech narsa bilmayman, ammo u Federal rezerv tizimida o‘z ishini unchalik yaxshi bajarayotgani yo‘q va binolar qurishda ham uncha usta emas», — dedi Tramp.

Manba: Jerom Pauell bayonotlari, Donald Tramp izohlari va AQSh OAV

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

Trederlar uchun qorqinchi tushga sababchi inson.: FRS raisi Jerom Pauell jinoiy tergov ostida

Jerom Pauell tergovni misli ko‘rilmagan holat deb atab, uni Donald Trampning foiz stavkalari bo‘yicha bosimi bilan bog‘ladi

Invalid Date