O‘zbekistonda metan zapravkalar ish tartibi o‘zgartiriladi

2-fevraldan boshlab O‘zbekistonning ayrim hududlarida metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi. Farg‘ona vodiysida ish vaqti mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

❤️ 43 likes🗓 2/1/2026
O‘zbekistonda metan zapravkalar ish tartibi o‘zgartiriladi

Metan zapravkalar qachondan va qanday ishlaydi?

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 2-fevraldan boshlab O‘zbekistonning qator hududlarida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi.

Farg‘ona vodiysida ish tartibi qanday belgilanadi?

Farg‘ona vodiysidagi metan zapravkalarining ish vaqti mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimi holatidan kelib chiqib belgilanadi.

Jamoat transporti qanday ta’minlanadi?

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika hamda jamoat transporti uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz va barqaror tarzda amalga oshiriladi.

Cheklovlar nega yumshatildi?

Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarning yumshatilishi havo haroratining asta-sekin isib borayotgan davriga to‘g‘ri kelmoqda. Bu gaz ta’minoti tizimini barqarorlashtirish imkonini bermoqda.

Avval qanday cheklovlar joriy etilgan edi?

Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni havo haroratining keskin pasayishi sababli respublika bo‘ylab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilgan edi. Natijada hududlarda jamoat transporti qatnovida jiddiy muammolar yuzaga kelgan.

Присоединяйтесь к нам в Telegram