Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga soliq qarzi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan qurilish korxonalari soni 1243 tani tashkil etgan.
Ushbu korxonalarning jami soliq qarzdorligi 1,3 trillion so‘mga yetgan. Shundan 522,5 milliard so‘mi, ya’ni 38,7 foizi soliq qarzi eng katta bo‘lgan 10 ta yirik kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eng yuqori soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari quyidagilar:
«Tash Building» MCHJ – 107 milliard so‘m;
«Ko‘priqqurilish» AJ – 81,9 milliard so‘m;
«Aziya Invest Favorit» MCHJ – 73,7 milliard so‘m;
«Avtosanoat-Injiniring» MCHJ – 63,4 milliard so‘m;
«Tamirlash Qurish Servis» MCHJ – 50,4 milliard so‘m;
«Yorqin Sadaf Fasli» MCHJ – 40,8 milliard so‘m;
«DM AJ BK NATEK» – 32,7 milliard so‘m;
«Agro Asia Trade Servis» MCHJ – 31,5 milliard so‘m;
«Grand Road Tashkent» MCHJ – 22,8 milliard so‘m;
«Obod-Dastur-Qurilish» MCHJ – 18,3 milliard so‘m.
Soliq qo‘mitasi ta’kidlashicha, mazkur ko‘rsatkichlar qurilish sohasida soliq intizomini kuchaytirish va qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda.
