Xitoy regulyatorlari qanday qaror chiqardi?
Manbalarga ko‘ra, Xitoy moliyaviy nazorat organlari mahalliy banklarga AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini sotib olishni minimal darajaga tushirishni tavsiya qilgan. Asosiy sabab sifatida bozordagi yuqori volatillik ko‘rsatildi.
Bozorlar bunga qanday munosabat bildirdi?
Mazkur xabar fonida AQSh obligatsiyalari narxi pasaydi. 10 yillik obligatsiyalar daromadliligi 4,25% ga yetdi, Bloomberg Dollar Spot Index esa 0,2% ga pasaydi.
Keng ko‘lamli sotuv xavfi bormi?
Tahlilchilarga ko‘ra, bozor Xitoy AQSh qarzlarini keskin sotib yuboradi, deb hisoblamayapti. Agar bu sodir bo‘lsa, AQSh va global moliya bozorlarida daromadlilik keskin oshib, jiddiy iqtisodiy silkinishlar yuz berishi mumkin.
Xitoy AQSh obligatsiyalariga qancha egalik qiladi?
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyga tegishli AQSh g‘aznachilik obligatsiyalari hajmi 682,6 mlrd dollarni tashkil etib, bu 2008 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. 2013 yilda bu raqam 1,32 trln dollarga yetgan edi.
Bu dedollarlashuvmi yoki diversifikatsiyami?
Mutaxassislar bu jarayonni dedollarlashuv emas, balki risklarni diversifikatsiya qilish deb baholamoqda. Xitoy zaxiralari hanuz dollar likvidligiga muhtoj bo‘lib qolmoqda.
Axborot manbasi
Maqola ProFinance
