Zaxarova Solovyovning Markaziy Osiyo va Armaniston haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi

Rossiya TIV vakiliga ko‘ra, teleboshlovchining gaplari davlatning rasmiy pozitsiyasi emas, balki shaxsiy fikr hisoblanadi

❤️ 0 likes🗓 1/16/2026
Zaxarova Solovyovning Markaziy Osiyo va Armaniston haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova rossiyalik propagandachi va teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Markaziy Osiyo hamda Armaniston haqidagi bayonotlari yuzasidan izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu fikrlar Rossiya davlatining rasmiy pozitsiyasini ifodalamaydi.

Zaxarova Solovyovning Venesuela va Suriya Rossiya tashqi siyosatida Armaniston hamda Markaziy Osiyoga nisbatan ikkinchi даражали аҳамиятga эга экани ҳақидаги гаплари Москванing расмий yondashuviga mos keladimi, degan savolga javob berdi. U bu so‘zlar jurnalistning shaxsiy fikri ekanini va xususiy “Solovyov Live” kanali orqali aytilganini urg‘uladi.

10-yanvar kuni efirga uzatilgan dasturda Solovyov Markaziy Osiyoni “bizniki” deb atagan hamda Rossiya Ukrainadagi kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham “maxsus harbiy operatsiya” boshlashi kerakligi haqida fikr bildirgan edi. Shuningdek, u Armanistonning Rossiya ta’sir doirasidan chiqishini Moskva uchun “katta muammo” deb baholagan.

Zaxarovaning aytishicha, Solovyovning ushbu so‘zlari bayonot emas, balki savol shaklida ifodalangan. U ayrim jumlalar kontekstdan uzib olinib, ataylab provokatsion tarzda Rossiyaning rasmiy pozitsiyasi sifatida talqin qilinayotganini qayd etdi.

“Bu jurnalistning shaxsiy fikri bo‘lib, xususiy media platformada aytilgan. Keltirilayotgan iqtiboslar bayonot emas, savol shaklida bo‘lgan. Ayrim ‘divan tahlilchilari’ esa buni Rossiyaning rasmiy pozitsiyasi sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Bunday manipulyatsiyalarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi Zaxarova.

Rossiya TIV vakili ayrim sharhlovchilar ushbu vaziyatdan foydalanib, Rossiyaning postsovet davlatlariga nisbatan go‘yoki agressiv niyatlari borligi haqidagi asossiz da’volarni tarqatayotganini ham tanqid qildi.

Zaxarova Rossiyaning rasmiy pozitsiyasi faqat vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan bildirilishini ta’kidladi. Bu pozitsiya Rossiya prezidenti, hukumat rahbari, tashqi ishlar va mudofaa vazirlari tomonidan turli sammitlar, muzokaralar, uchrashuvlar va matbuot anjumanlarida bir necha bor bayon etilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, MDH va KXShT kabi tuzilmalar doirasida muntazam muloqot olib borilmoqda va aynan shu maydonlarda Janubiy Kavkaz hamda Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalari muhokama qilinmoqda.

“Rossiyani Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo xalqlari bilan tarixan yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va do‘stona munosabatlar bog‘lab turadi. O‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan aloqalar barqaror hamkorlikning kafolatidir. Eng muhimi — provokatsiyalarga uchmaslik kerak”, — dedi Zaxarova.

Manba: Kun.uz

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi Solovyovning bayonotiga qat’iy munosabat bildirdi: Biz salavyov propagandasiga tupurib qoyganmiz.

Rossiyalik propagandachi Vladimir Solovyov o‘zining “Solovyov LIVE” dasturida Rossiya nafaqat Ukrainada, balki postsovet hududidagi boshqa mamlakatlarda ham, jumladan Markaziy Osiyoda “maxsus harbiy operatsiya (SVO)” o‘tkazishi mumkinligi haqida ochiq gapirdi.

Invalid Date

Zaxarova Solovyovning Markaziy Osiyo va Armaniston haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi

Rossiya TIV vakiliga ko‘ra, teleboshlovchining gaplari davlatning rasmiy pozitsiyasi emas, balki shaxsiy fikr hisoblanadi

Invalid Date

O‘zbekistonda NEV avtomobillar davri boshlandi: ADM yangi CKD zavodi qurilishini boshladi

2025 yil 26 dekabr kuni ADM Jizzakh’da elektromobil va gibrid avtomobillarni yig‘ishga mo‘ljallangan CKD zavodi qurilishiga rasmiy start berildi

Invalid Date

2025 yilda O‘zbekistonda yuk avtomobillari ishlab chiqarish 31 foizga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonda 4,1 mingdan ortiq yuk avtomobili ishlab chiqarildi

Invalid Date

Oʻzbekiston avtomobil sanoati 2025-yilda: Kobalt ishlab chiqarishda ishonchli yetakchilik qilmoqda

Milliy statistika qo'mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilda mamlakatda 457 883 ta yengil avtomobil ishlab chiqariladi — bu o'tgan yilga nisbatan 28 700 taga ko'p, bunda Cobalt modeli ustunlik qiladi.

Invalid Date

Generativ AI Mehnatni Qisqartirmaydi: Ish Hajmi Nega Ortmoqda?

Berkeley Haas tadqiqoti 200 xodimli texnologik kompaniyada 8 oy davomida o‘tkazilib, generativ AI vazifalarni kengaytirishi, ish-vaqt chegarasini xiralashtirishi va ko‘p vazifalilikni kuchaytirishini ko‘rsatdi. 2025-yil Q2–Q3 oralig‘ida AQShda AI’dan foydalanish 40% dan 45% ga oshdi.

Invalid Date

2026-yilgi Chevrolet Captiva PHEV Kolumbiyada debyut qildi: brendning birinchi plaginli gibridi 42 000 dollarga baholandi.

General Motors kompaniyasi Kolumbiyada 2026-yilgi Chevrolet Captiva PHEV avtomobilini taqdim etdi — bu brendning mamlakatdagi birinchi gibridi boʻlib, 1000 km dan ortiq masofani bosib oʻtishga va 204 ot kuchiga ega. Model ichki yonuv dvigateli va toʻliq elektr Captiva oʻrtasidagi farqni bartaraf etadi.

Invalid Date

2026-yilda ko'chib o'tish uchun naqd pul imtiyozlarini taklif qiluvchi 8 ta mamlakat

Italiyadan Chiliga qadar bir qator davlatlar aholi sonining kamayishi fonida yangi fuqarolarni jalb qilish uchun pul mukofotlari, uy-joy subsidiyalari va biznes qo‘llab-quvvatlash dasturlarini taklif qilmoqda.

Invalid Date