Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 4,1 ming dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 31 foizga yuqori bo‘lib, mamlakat avtomobilsozlik sanoatida barqaror o‘sish kuzatilayotganini tasdiqlaydi.
Yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmining oshishi iqtisodiyot tarmoqlarida yuk tashishga bo‘lgan talabning ortib borayotgani hamda mahalliy avtosanoat korxonalarining ishlab chiqarish salohiyati mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
