Sovuq ob-havo sabab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etildi

Tabiiy gazga talab oshgani bois aholining uzluksiz ta’minoti ustuvor yo‘nalish etib belgilandi

❤️ 0 likes🗓 1/20/2026
Sovuq ob-havo sabab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etildi

Havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan ayrim hududlarda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari — metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritildi.

Iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublika energetika tizimi 24 soatlik kuchaytirilgan ish rejimida faoliyat yuritmoqda. Hududlardagi jarayonlar doimiy nazorat ostida bo‘lib, aniqlanayotgan nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

Sovuq ob-havo tufayli tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishi natijasida ayrim hududlarda gaz quvurlarida bosimning pasayishi holatlari kuzatilmoqda.

Mazkur sharoitda aholi xonadonlari, tibbiyot muassasalari hamda ta’lim tashkilotlarini tabiiy gaz bilan birinchi navbatda ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

Shu sababli metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etildi. Ushbu choralar faqat sovuq kunlarda aholiga barqaror gaz ta’minotini kafolatlashga qaratilgan bo‘lib, vaziyat barqarorlashishi bilan cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Hududlardagi vaziyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etib boriladi.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlari hamda jamoat transporti vositalariga gaz yetkazib berish cheklovlarsiz va barqaror tarzda davom ettirilmoqda. Ushbu yo‘nalishlarda transport vositalarining uzluksiz ishlashi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.

Telegram kanalimizga azo bo'ling