O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan “Ekologik transport” tizimi ishga tushiriladi. Avtomobillar atrof-muhitga ta’siriga qarab yashil, sariq va qizil rangdagi ekostikerlar bilan belgilanadi. Ekostikerlar ixtiyoriy va bepul taqdim etiladi.
Ekologik stiker olish uchun haydovchi quyidagilarni bajarishi kerak:
My.gov portali orqali onlayn ariza topshirish
Avtomobil ma’lumotlarining tahlil qilinishini kutish
Ekostikerni pochta orqali yashash manzilida qabul qilib olish
Stikerni avtomobil oynasining belgilangan joyiga yopishtirish
Agar sariq yoki qizil stiker berilsa, diagnostika markaziga borib bepul texnik ko‘rikdan o‘tish
Ekologik me’yorlarga mos kelganda yashil stiker olish
Eslatib o‘tamiz, avtomobil qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda yoki texnik ko‘rik jarayonida ekostikerlar qayta rasmiylashtiriladi. Tizim 2034 yilgacha barcha hududlarni qamrab olishi rejalashtirilgan.
