O‘zbekistonda NEV avtomobillar davri boshlandi: ADM yangi CKD zavodi qurilishini boshladi

2025 yil 26 dekabr kuni ADM Jizzakh’da elektromobil va gibrid avtomobillarni yig‘ishga mo‘ljallangan CKD zavodi qurilishiga rasmiy start berildi

❤️ 1 likes🗓 1/16/2026
O‘zbekistonda NEV avtomobillar davri boshlandi: ADM yangi CKD zavodi qurilishini boshladi
O‘zbekistonda NEV avtomobillar davri boshlandi: ADM yangi CKD zavodi qurilishini boshladi

2025 yil 26 dekabr kuni ADM kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh zavodi hududida yangi CKD zavodi qurilishiga rasmiy start berildi. Mazkur ishlab chiqarish maydonchasida yaqin yillarda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar (New Energy Vehicles — NEV), jumladan elektromobillar va gibrid modellarni yig‘ish rejalashtirilgan.

Ramziy vaqt kapsulasining qo‘yilishi tantanali marosimning muhim qismi bo‘lish bilan birga, O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati rivojida yangi bosqich boshlanganini ifodalovchi muhim voqea sifatida e’tirof etildi.

Tantanali tadbir zavod hududida bo‘lib o‘tdi va yangi CKD zavodi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlandi. Yangi ishlab chiqarish majmuasida payvandlash, bo‘yash va yig‘ish jarayonlarini o‘z ichiga olgan to‘liq ishlab chiqarish sikli asosida xalqaro brendlarning NEV-avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa mahalliylashtirish darajasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ADM Jizzakh’ning mamlakat avtomobil sanoatidagi yetakchi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi.

Marosimda ADM kompaniyalar guruhi rahbariyati, korxona vakillari, loyiha hamkorlari hamda mehmonlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ADM bosh direktori Daniyar Davletiyarov tabrik so‘zi bilan chiqdi.

Uning ta’kidlashicha, ADM Jizzakh’da yangi CKD zavodining barpo etilishi nafaqat kompaniya ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytiradi, balki butun mamlakat avtomobilsozlik sanoati rivojiga muhim hissa qo‘shadi. Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda zamonaviy texnologiyalarga sarmoya kiritilayotgani, mahalliy yig‘ish hajmi kengaytirilayotgani va elektromobil hamda gibrid avtomobillar yo‘nalishi izchil rivojlantirilayotgani ushbu loyihaning uzoq muddatli strategik ahamiyatini aks ettiradi.

Yangi CKD zavodi ADM ishlab chiqarish klasterining tarkibiy qismi bo‘lib, elektromobillarni mayda uzelli yig‘ish uchun mo‘ljallangan zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Loyihaning amalga oshirilishi yangi ish o‘rinlari yaratish, avtomatlashtirish darajasini oshirish va mahsulotlarni xalqaro sifat standartlariga mos holda ishlab chiqarish imkonini beradi.

Mahalliylashtirish, ilg‘or texnologiyalar va o‘z sanoat bazasini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berayotgan ADM O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich rivojlantirib kelmoqda. Vaqt kapsulasining qo‘yilishi zavod faoliyati nafaqat bugungi kun, balki butun sohaning kelajak istiqboliga qaratilganini yana bir bor namoyon etdi.

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

O‘zbekistonda 11 oyda traktor ishlab chiqarish 23 foizga oshdi

2025 yil yanvar–noyabr oylarida 483 dona traktor ishlab chiqarilib, agrar texnika sanoatida barqaror o‘sish qayd etildi

Invalid Date

O‘zbekistonda NEV avtomobillar davri boshlandi: ADM yangi CKD zavodi qurilishini boshladi

2025 yil 26 dekabr kuni ADM Jizzakh’da elektromobil va gibrid avtomobillarni yig‘ishga mo‘ljallangan CKD zavodi qurilishiga rasmiy start berildi

Invalid Date

2025 yilda O‘zbekistonda yuk avtomobillari ishlab chiqarish 31 foizga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonda 4,1 mingdan ortiq yuk avtomobili ishlab chiqarildi

Invalid Date

Oʻzbekiston avtomobil sanoati 2025-yilda: Kobalt ishlab chiqarishda ishonchli yetakchilik qilmoqda

Milliy statistika qo'mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilda mamlakatda 457 883 ta yengil avtomobil ishlab chiqariladi — bu o'tgan yilga nisbatan 28 700 taga ko'p, bunda Cobalt modeli ustunlik qiladi.

Invalid Date

O‘zbekistonda sanoat korxonalari qaysi yo‘nalishlarda eng faol?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga respublikada 59,8 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy qismi oziq-ovqat, qurilish materiallari va yengil sanoat yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.

Invalid Date

🇨🇳 Samarqandda $500 millionlik qog‘oz zavodi quriladi — 3 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi

Xitoyning Huanrong Paper kompaniyasi Urgut erkin iqtisodiy zonasida yirik sanoat majmuasi barpo etishni rejalashtirmoqda

Invalid Date

Eron Tramp bosimiga javob qaytardi: Jenevadagi yadroviy muzokaralar oldidan AQSh Yaqin Sharqda yirik harbiy kuch joylashtirdi

Tehron Donald Trampning tahdidlarini “katta yolg‘on” deb atadi, biroq “sha’nli diplomatiya” orqali kelishuv ehtimolini ham inkor etmadi. Shu paytda AQSh mintaqada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng katta harbiy safarbarlikni amalga oshirdi.

Invalid Date