Onlayn kreditlarda yangi himoya: firibgarlik qurbonlaridan qarz undirish to‘xtatiladi

Adliya vazirligi va Markaziy bank kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi talablarni tasdiqladi — jabrlanuvchilar kreditdan himoyalanadi

❤️ 0 likes🗓 1/21/2026
Onlayn kreditlarda yangi himoya: firibgarlik qurbonlaridan qarz undirish to‘xtatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank bilan hamkorlikda kredit va to‘lov tashkilotlari, shuningdek to‘lov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda frod holatlarining oldini olish bo‘yicha minimal talablar to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Mazkur hujjat 2026-yil 21-yanvar kuni 3759-son bilan rasman ro‘yxatdan o‘tkazilib, onlayn kreditlar sohasida fuqarolar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.

Nizomga muvofiq, agar onlayn kredit firibgarlik natijasida fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida ushbu shaxs jabrlanuvchi deb e’tirof etilsa, kredit tashkiloti mazkur onlayn kredit hamda unga bog‘liq foizlarni hisoblashni va undirishni to‘xtatadi.

Shu bilan birga, kredit tashkiloti onlayn kreditni rasmiylashtirish jarayonida frod holatini sodir etgan shaxsdan yetkazilgan moddiy zararni regress tartibida undirish huquqiga ega.

Kredit tashkilotlari frod holatiga shubha tug‘ilganda, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin.

Agar surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud qarorlari asosida frod holati mavjud emasligi aniqlansa, kredit tashkiloti onlayn kredit va unga bog‘liq foizlarni hisoblash hamda undirishni belgilangan tartibda davom ettiradi.

Join us in telegram

Recommended

Uzbek Court Hands Down Verdict in Shocking Case of Woman Held and Tortured in a Barn in Surkhandarya

Four defendants sentenced after court confirms illegal detention, torture and removal of a newborn in Uzun district

Invalid Date

Uzbekistan Banking Sector in 2025: Record Profits, Deposit Growth, and Financial Stability

Banks reported net profits of UZS 13.5 trillion (+57%), assets reached UZS 892.9 trillion, deposits grew by 31%, and non-performing loans declined to 3.5%

Invalid Date

Financial Rehabilitation of Uzbekistan’s Light Industry Enterprises in 2026: New Government Support Measures

Under Presidential Decree PF–4 dated January 12, 2026, a classification system for textile enterprises is introduced and financial support mechanisms are expanded to strengthen their position in international markets

Invalid Date

Yangi Bank JSC License Revoked: Official Statement from the Central Bank of Uzbekistan

The Central Bank has decided to terminate the bank’s operations, while depositors’ funds will be compensated under state guarantee mechanisms

Invalid Date

Trump Announces Tariffs on European Nations Over Greenland Purchase Dispute

The U.S. president declares phased tariffs on eight European countries starting February 1, escalating to 25% by June, linking the measures to national security concerns and negotiations over Greenland

Invalid Date

Trump Orders U.S. Airstrike in Syria Killing al Qaeda Leader Bilal Hasan al Jasim

The U.S. operation in northwest Syria eliminated a senior al Qaeda figure linked to a recent ISIS ambush targeting American forces, highlighting Washington’s ongoing counterterrorism campaign

Invalid Date

Telegram APK Scam in Syrdarya Region Causes 55.3 Million UZS Loss from Bank Card

Opening an APK file received via Telegram led to a major financial theft; two suspects born in 2005 have been identified, and efforts to find other victims are ongoing

Invalid Date

Online Payment Service Prices Rise Sharply in 2025

Costs of electronic payment services increased by 8.7%, while banking service prices rose by 6.9%

Invalid Date