«Manchester Yunayted» klubi Ruben Amorimning bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilganini e’lon qildi. Bu haqda ingliz klubining matbuot xizmati xabar berdi.
21-tur doirasida «Byornli»ga qarshi navbatdagi uchrashuvda jamoani vaqtincha Darron Fletcher boshqarib boradi.
40 yoshli Amorim 2024-yil noyabrida «Manchester Yunayted»ni boshqargan edi. Uning qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsumni APL turnir jadvalida 15-o‘rinda yakunladi hamda Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib bordi, biroq «Tottenhem»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Joriy mavsum APLda 20 turdan so‘ng «Manchester Yunayted» 31 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.
