Venesuela poytaxti Karakas shahrida portlashlar ovozi eshitildi, shahar uzra quyuq tutun ko‘tarilgani kuzatildi. Xabarlarga ko‘ra, portlashlar bir nechta hududlarda, jumladan harbiy infratuzilmaga aloqador joylarda sodir bo‘lgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela hududidagi nishonlarga zarba berish buyrug‘ini bergan. Bu haqda AQSh rasmiylari BBC’ning AQShdagi hamkori — CBS News’ga ma’lum qilgan. Nishonlar orasida harbiy obyektlar ham bo‘lgan.
Venesuela hukumati ushbu harakatlarni qat’iyan rad etdi va AQShning harbiy tajovuzi sifatida keskin qoraladi. Rasmiy Karakas mamlakat suvereniteti buzilganini ta’kidladi.
Portlashlardan so‘ng shahar atrofidagi bir qator hududlarda elektr energiyasi uzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Guvohlarning aytishicha, portlashlar poytaxtning turli nuqtalarida, jumladan harbiy inshootlar yaqinida ham eshitilgan.
Ushbu voqealar AQSh va Venesuela o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan bir paytda sodir bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar avvaldan tarang bo‘lib kelayotgandi.
