Google 2026 yildan Android AOSP source kodini yiliga ikki marta ochiqladi e’lon qiladi

Google Android Open Source Project (AOSP) uchun yangi nashrlar jadvalini tasdiqladi, trunk-stable modeliga o‘tish, barqarorlikni oshirish va xavfsizlik yondashuvini saqlab qolish maqsad qilingan

❤️ 0 likes🗓 1/17/2026
Google 2026 yildan Android AOSP source kodini yiliga ikki marta ochiqladi e’lon qiladi

Google kompaniyasi 2026 yildan boshlab Android Open Source Project (AOSP) manba kodini yiliga atigi ikki marta e’lon qilishini rasman ma’lum qildi. Bu haqda Android Authority nashriga kompaniya vakillari xabar berdi.

Avvalroq Google Android’ning har bir choraklik relizi uchun AOSP manba kodini ochiq e’lon qilib kelgan bo‘lib, yil davomida to‘rtta yangilanish taqdim etilardi. Yangi tartibga ko‘ra, 2026 yildan boshlab AOSP manba kodi yilning ikkinchi va to‘rtinchi choraklarida chop etiladi.

Google’ning tushuntirishicha, ushbu qaror Android ekotizimi uchun platforma barqarorligini ta’minlash va ishlab chiqishni trunk-stable modeliga moslashtirishga qaratilgan. Bu yondashuv bir nechta kod tarmoqlarini parallel qo‘llab-quvvatlash zaruratini kamaytiradi hamda tashqi ishlab chiquvchilar uchun yanada barqaror va xavfsiz kodni taqdim etishga xizmat qiladi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, ichki va ommaviy AOSP tarmoqlarining alohida yuritilishi vaqt o‘tishi bilan sezilarli farqlar to‘planishiga olib kelgan. Bu esa o‘zgarishlarni sinxronlashtirish va turli tarmoqlar o‘rtasida patchlarni birlashtirish uchun qo‘shimcha resurslar sarflashni talab qilgan.

Google AOSP bilan ishlashda aosp-main o‘rniga android-latest-release tarmog‘idan foydalanishni tavsiya etdi. Ushbu manifest tarmog‘i doimo AOSP’ga yuklangan eng so‘nggi versiyaga ishora qiladi va u oxirgi Android relizi kod bazasi holatiga mos keladi. Masalan, hozirda bu android16-qpr2-release hisoblanadi. Batafsil ma’lumotlar AOSP’dagi o‘zgarishlar bo‘limida keltirilgan.

Google vakili yangi nashrlar jadvali ishlab chiqish jarayonini soddalashtirishi, kod bazasini boshqarishdagi murakkabliklarni kamaytirishi va Android platformasi ishlab chiquvchilari uchun yanada ishonchli hamda himoyalangan manba kodini taqdim etishini qayd etdi.

Shu bilan birga, kompaniya AOSP loyihasiga bo‘lgan sodiqligi o‘zgarmasligini ta’kidladi. Yangi tartib xavfsizlik yangilanishlari jarayoniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Google Android uchun xavfsizlik tuzatishlarini avvalgidek har oyda maxsus android-security tarmoqlari orqali e’lon qilishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil mart oyida Google Android va AOSP’ni ishlab chiqish yondashuvini o‘zgartirishini ma’lum qilgan edi. Tizimni ishlab chiqish jarayoni mustaqil va ichki ishlab chiquvchilar o‘rtasidagi muammolarni kamaytirish maqsadida asosan Google ichida yopiq shaklda olib borila boshlandi. Shunga qaramay, yangi Android versiyalari chiqarilishi bilan manba kod ochiq tarzda e’lon qilinishi saqlab qolindi.

2025 yil iyun oyida Google AOSP’da Android 16 manba kodini joylashtirdi. Biroq unda Pixel smartfonlari uchun qurilma daraxtlari, Pixel drayverlari va yadro bo‘yicha to‘liq commitlar tarixi mavjud emas edi. Kompaniya bunga sabab sifatida AOSP’da endilikda Pixel emas, balki Cuttlefish virtual qurilmasi etalon sifatida qo‘llanilayotganini ko‘rsatdi.

Bundan avval Google Android xavfsizlik byulletenida aniqlangan zaifliklar bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatgan edi. Kompaniya xavfsizlik tuzatishlari endilikda OEM-ishlab chiqaruvchilarga faqat yopiq kanallar orqali va maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuv asosida taqdim etilishini bildirdi.

Ushbu kelishuv OEM-kompaniyalarga uch oy davomida berilgan patchlar qo‘llangan manba kodini uchinchi tomonlarga oshkor etishni taqiqlaydi. Mazkur davrda faqat tuzatishlar kiritilgan binar yig‘ilmalarni tarqatishga ruxsat etiladi.

Android xavfsizlik patchlarining manba kodi Apache ochiq litsenziyasi ostida chiqarilishi saqlanib qoladi, biroq ularni tarqatish vaqtinchalik cheklovlarga ega bo‘ladi. Google bu siyosatdagi o‘zgarishni platforma xavfsizligini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora sifatida izohlamoqda, bu esa ko‘pincha “noaniqlik orqali xavfsizlik” tamoyili bilan bog‘lanadi.

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

2024 yil holatiga ko‘ra texnologik gigantlarning daromad tuzilmasi va nega raqamli servislar yildan-yilga ko‘proq foyda keltirmoqda

2024 yil holatiga ko‘ra texnologik gigantlarning daromad tuzilmasi va nega raqamli servislar yildan-yilga ko‘proq foyda keltirmoqda

Invalid Date

Alphabet $4 trillion kapitalizatsiyaga yetdi — Google egasi dunyodagi to‘rtinchi gigantga aylandi

Gemini sun’iy intellekti va kuchli aksiyalar o‘sishi Alphabet’ni Nvidia, Microsoft va Apple qatoriga olib chiqdi

Invalid Date

Google 2026 yildan Android AOSP source kodini yiliga ikki marta ochiqladi e’lon qiladi

Google Android Open Source Project (AOSP) uchun yangi nashrlar jadvalini tasdiqladi, trunk-stable modeliga o‘tish, barqarorlikni oshirish va xavfsizlik yondashuvini saqlab qolish maqsad qilingan

Invalid Date

Xorijiy IT gigantlari 2025-yilda Oʻzbekiston byudjetiga qoʻshadigan hissasini oshirdi.

Xorijiy raqamli kompaniyalardan soliq tushumlari 50 foizga o'sib, 181,3 milliard so'mni tashkil etdi, Apple, Meta va Google yetakchilik qilmoqda, elektron xizmatlar bozori esa 1,48 trillion so'mdan oshdi.

Invalid Date

Global AI iste'dodlari urushi kuchaygan sari OpenAI Londonni AQShdan tashqaridagi eng yirik tadqiqot markaziga aylantiradi

Google, Meta va Amazon kabi texnologiya gigantlari shiddatli global raqobat sharoitida sun'iy intellektga milliardlab mablag' sarflayotgan bir paytda, OpenAI shaharning jahon darajasidagi AI iste'dodi va hamkorlik madaniyatini ta'kidlab, London tadqiqot markazini sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Invalid Date