NKMK 2025 yilda 98 tonna oltin ishlab chiqardi: mahsulot qiymati 44 foizga oshdi

2025 yilda NKMK 98,2 tonna oltin ishlab chiqardi, mahsulot qiymati 135,6 trln so‘mga yetdi, 561 mln dollar investitsiya o‘zlashtirildi va rahbariyatda o‘zgarishlar bo‘ldi

❤️ 0 likes🗓 1/14/2026
NKMK 2025 yilda 98 tonna oltin ishlab chiqardi: mahsulot qiymati 44 foizga oshdi

Dunyo miqyosida oltin ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha to‘rtinchi yirik kompaniya hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) 2025 yil yakunlari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, kompaniya tomonidan yil davomida 3 mln 156,6 ming troy unsiya yoki 98,2 tonna oltin ishlab chiqarilgan. Mazkur natija 2024 yilda qayd etilgan ko‘rsatkichdan (3 mln 91,1 ming unsiya) 2,1 foizga yuqori.

Jahon bozorida oltin narxlarining oshishi fonida 2025 yilda NKMK tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy qiymati 135,6 trln so‘mni (taxminan 11 mlrd AQSh dollaridan ortiq) tashkil etdi. Bu 2024 yildagi 93,9 trln so‘mlik ko‘rsatkichga nisbatan 44,4 foizga ko‘p.

Investitsiya dasturi doirasida hisobot yilida jami 561 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirildi. Shu bilan birga, investitsiyalar hajmi avvalgi yilga nisbatan 29 foizga kam bo‘ldi.

Yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hisobiga 2 628 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi orqali esa 7,3 trln so‘mlik mahsulot xarid qilindi.

2025 yil davomida kompaniya rahbariyati tarkibida ham o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mehnat shartnomasi muddati yakunlanishi va tomonlarning kelishuviga ko‘ra, 2025 yil 31 dekabrdan boshlab bosh direktorning transformatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari hamda boshqaruv a’zosi Yevgeniy Aleksandrovich Antonov lavozimidan ozod etildi.

2026 yil 1 yanvardan e’tiboran Jahongir Tolibovich Hasanov NKMK bosh direktorining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari hamda boshqaruv a’zosi lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar bosh direktorning iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, NKMK boshqaruv raisi — bosh direktori lavozimini 2008 yildan buyon Quvondiq Sanaqulov egallab kelmoqda.

Hozirda kombinat tarkibida 12 ta kon, 7 ta gidrometallurgiya zavodi hamda 2 ta uyumdan eritmaga o‘tkazish sexi faoliyat yuritmoqda.

2025 yil dekabr oyining oxirida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2030 yilga qadar mamlakatda oltin ishlab chiqarish hajmini 175 tonnaga yetkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Prezidentning 2025 yil aprel oyidagi farmoniga muvofiq, NKMK 2025 yilning ikkinchi yarmida mahalliy va xalqaro fond bozorlarida IPO o‘tkazib, kompaniya aksiyalarining 10–15 foizini ochiq bozorga chiqarishi belgilangan.

Manba: Reuters

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

NKMK 2025 yilda 98 tonna oltin ishlab chiqardi: mahsulot qiymati 44 foizga oshdi

2025 yilda NKMK 98,2 tonna oltin ishlab chiqardi, mahsulot qiymati 135,6 trln so‘mga yetdi, 561 mln dollar investitsiya o‘zlashtirildi va rahbariyatda o‘zgarishlar bo‘ldi

Invalid Date

Afgʻoniston oltini endi Oʻzbekistonda qayta ishlanmoqda

Termiz xalqaro savdo markazi iqtisodiy zonasida yangi ishlab chiqarish korxonasi Afgʻonistondan import qilingan oltinni qayta ishlashni boshladi va bu mamlakatning rolini tranzit markazidan qoʻshimcha qiymatli qayta ishlash markaziga oʻtkazdi.

Invalid Date

Oltin narxi rekord darajaga chiqdi: zaif dollar fonida baho 66 million so‘mdan oshdi

AQSh dollarining qadrsizlanishi, geosiyosiy xatarlar va Foiz stavkalari pasayishi kutilmalari fonida oltin tarixiy rekordni yangiladi

Invalid Date

Investorlar oltin narxlarining uzluksiz o‘sishi fonida rekord daromadga erishmoqda

Tarixiy maksimumdan keyingi qisqa korreksiyaga qaramay, oltin 1980-yillardan buyon eng kuchli oylik o‘sishni qayd etishga yaqin, bunga yuqori talab, markaziy banklar faolligi va geosiyosiy xatarlar turtki bo‘lmoqda

Invalid Date

Oltin va kumush bozorida keskin burilish: tarixiy rekordlardan jiddiy pasayishgacha

2026 yil boshida qimmatbaho metallar narxi rekord darajadan 15–30 foizgacha tushib, bozorda noodatiy keskin o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi

Invalid Date

Bitcoin yarimga qulab tushdi: Kripto bozorining kelajagi so‘roq ostidami?

Bitcoin narxi $126,000 dan $60,000 gacha tushib ketdi, ETFlardan milliardlab dollar chiqib ketmoqda, investorlar esa uning “raqamli oltin” sifatidagi rolini qayta baholamoqda.

Invalid Date

Farg‘onada 2 milliard so‘mlik oltin quymalari Qirg‘izistonga yashirin olib chiqilayotganda qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Damas” avtomobilida yashirilgan 1 kg dan ortiq oltin quymalari aniqlanib, noqonuniy olib chiqish urinishiga chek qo‘yildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Invalid Date

O‘zbekistonda mis va oltin zaxiralari: resurslar kamida 100 yilga yetadi

Yangi geologik ma’lumotlarga ko‘ra, “Yoshlik-1” va “Kalmakir” konlari mamlakat sanoatini mis va oltin bilan bir asrdan ortiq muddat ta’minlash imkoniga ega.

Invalid Date