O‘zbekistonda onlayn kredit firibgarligiga qarshi yangi tartib: jabrlanganlarga pul qaytariladi

Endilikda firibgarlik yo‘li bilan olingan mikroqarzlar bo‘yicha jabrlangan fuqarolarning majburiyatlari to‘xtatiladi, undirilgan mablag‘lar esa sud qarori asosida qaytariladi.

❤️ 106 likes🗓 4/3/2026
O‘zbekistonda onlayn kredit firibgarligiga qarshi yangi tartib: jabrlanganlarga pul qaytariladi

O‘zbekistonda onlayn kredit va mikroqarzlar bilan bog‘liq firibgarlik holatlarida fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha aniq tartib joriy etildi. Yangi qoidalarga ko‘ra, agar fuqaro bunday jinoyat qurboni sifatida rasman tan olinsa, uning firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirilgan qarz bo‘yicha majburiyatlari to‘xtatiladi va oldin yechib olingan mablag‘lar qaytariladi.

Jarayon qanday boshlanadi?

Agar fuqaro o‘z nomiga noqonuniy ravishda mikroqarz rasmiylashtirilganini aniqlasa, u ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qiladi. Shundan so‘ng dastlabki tekshiruv, surishtiruv va tergovga qadar bo‘lgan harakatlar olib boriladi.

Jabrlanuvchi maqomi qanday beriladi?

Agar tekshiruv natijasida kredit firibgarlik yo‘li bilan olingani tasdiqlansa, tergovchi, prokuror yoki sud fuqaroning jabrlanuvchi ekanini tasdiqlovchi rasmiy hujjat chiqaradi. Ushbu hujjat kredit ajratilgan axborot tizimini yurituvchi tashkilotga yuboriladi.

Kredit tashkiloti qanday choralar ko‘radi?

Mazkur hujjatni olgach, kredit tashkiloti darhol foizlar, jarimalar va penya hisoblashni to‘xtatishi shart. Shu bilan birga, qarzni undirish bo‘yicha barcha harakatlar ham bekor qilinadi.

Oldin undirilgan mablag‘lar qaytariladimi?

Agar tashkilot tomonidan avval mablag‘lar yechib olingan bo‘lsa, ular sud qaroriga asosan jabrlanuvchining bank kartasiga yoki ko‘rsatilgan hisob raqamiga qaytariladi. Qaytarish jarayoni sud qarori kuchga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Kredit tashkilotlari o‘zini qanday himoya qilishi mumkin?

Agar kredit tashkiloti firibgarlik holati yuzasidan shubha qilsa, u tergov yoki sud qaroridan norozi bo‘lib, ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilish ҳуқуқига эга. Агар қайта кўриб чиқиш натижасида firibgarlik aniqlanmasa, tashkilot qarz va unga bog‘liq to‘lovlarni yana undirishni davom ettirishi mumkin.

Asl aybdordan zarar qanday undiriladi?

Yetkazilgan zararni haqiqiy firibgardan undirish учун kredit tashkiloti tergov va sud jarayonlarida fuqarolik da’vogar sifatida иштирок этади. Aybdor aniqlangach, tashkilot zararlarni to‘liq qoplash uchun unga nisbatan regress tartibida da’vo kiritishi mumkin.

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

2025 yil sharhi: Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilish jarayonini mazmun va natijalar bilan rivojlantirish

2025 yil Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) qoʻshilish jarayonida hal qiluvchi va natijaga yoʻnaltirilgan yil boʻldi — muzokaralar jadallashdi, qonunchilik chuqur uygʻunlashtirildi va yuqori darajadagi aloqalar davom ettirildi.

Invalid Date

Surxondaryoda dahshatli jinoyat bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi: ayol qiynoqqa solinib, chaqalog‘idan ajratilgan

Uzun tumanida ayolni molxonada saqlash va chaqalog‘ini olib qo‘yish ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxsga jazo tayinlandi

Invalid Date

2025 yilda Oʻzbekiston bank sektori: rekord foyda, depozitlar oʻsishi va moliyaviy barqarorlik

Banklar sof foydasi 13,5 trln soʻmga yetdi (+57%), aktivlar — 892,9 trln soʻm, depozitlar 31%ga oshdi, muammoli kreditlar ulushi esa 3,5%ga tushdi

Invalid Date

Surxondaryoda yirik firibgarlik: Surkhan Autocenter avtosaloni yuzlab mijozlarni aldagan

Termiz shahrida Surkhan Autocenter oson shartlarda avtomashina olib berishni va’da qilgan, biroq qariyb 200 nafar fuqaro 10 mlrd so‘mga yaqin mablag‘dan ayrilgan — korxona rahbari hibsga olingan

Invalid Date

Sirdaryo viloyatida Telegram orqali yuborilgan APK sabab 55,3 mln soʻm o‘g‘irlandi

Telegram messenjerida yuborilgan APK faylni ochish oqibatida fuqaroning bank kartasidan yirik miqdordagi mablag‘ yechib olingan, jinoyatga aloqador 2005-yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs aniqlangan

Invalid Date

Onlayn kreditlarda yangi himoya: firibgarlik qurbonlaridan qarz undirish to‘xtatiladi

Adliya vazirligi va Markaziy bank kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi talablarni tasdiqladi — jabrlanuvchilar kreditdan himoyalanadi

Invalid Date

Axborotlashtirish to‘g‘risidagi Qonundagi o‘zgarishlar: sun’iy intellektning huquqiy asoslari

Sun’iy intellektdan foydalanish qoidalari, vakolatli organ vazifalari va yuridik ahamiyatga ega qarorlar bo‘yicha cheklovlar belgilandi

Invalid Date

Prezident Mirziyoyev Tsyurixga rasmiy ish tashrifi bilan keldi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif doirasida Shveytsariyaning Syurix shahriga keldi. U yerda uni xalqaro aeroportda Birlashgan Savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib oldi.

Invalid Date