Soliqdan eng ko‘p qarzdor qurilish kompaniyalari e’lon qilindi

Soliq qarzi 100 mln so‘mdan oshgan 1243 ta qurilish korxonasining umumiy qarzdorligi 1,3 trln so‘mga yetdi, uning 38,7 foizi 10 ta yirik kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

❤️ 0 likes🗓 1/19/2026
Soliqdan eng ko‘p qarzdor qurilish kompaniyalari e’lon qilindi

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga soliq qarzi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan qurilish korxonalari soni 1243 tani tashkil etgan.

Ushbu korxonalarning jami soliq qarzdorligi 1,3 trillion so‘mga yetgan. Shundan 522,5 milliard so‘mi, ya’ni 38,7 foizi soliq qarzi eng katta bo‘lgan 10 ta yirik kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng yuqori soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari quyidagilar:

«Tash Building» MCHJ – 107 milliard so‘m;
«Ko‘priqqurilish» AJ – 81,9 milliard so‘m;
«Aziya Invest Favorit» MCHJ – 73,7 milliard so‘m;
«Avtosanoat-Injiniring» MCHJ – 63,4 milliard so‘m;
«Tamirlash Qurish Servis» MCHJ – 50,4 milliard so‘m;
«Yorqin Sadaf Fasli» MCHJ – 40,8 milliard so‘m;
«DM AJ BK NATEK» – 32,7 milliard so‘m;
«Agro Asia Trade Servis» MCHJ – 31,5 milliard so‘m;
«Grand Road Tashkent» MCHJ – 22,8 milliard so‘m;
«Obod-Dastur-Qurilish» MCHJ – 18,3 milliard so‘m.

Soliq qo‘mitasi ta’kidlashicha, mazkur ko‘rsatkichlar qurilish sohasida soliq intizomini kuchaytirish va qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

Soliqdan eng ko‘p qarzdor qurilish kompaniyalari e’lon qilindi

Soliq qarzi 100 mln so‘mdan oshgan 1243 ta qurilish korxonasining umumiy qarzdorligi 1,3 trln so‘mga yetdi, uning 38,7 foizi 10 ta yirik kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Invalid Date

Temu’ning O‘zbekistondagi faoliyati to‘xtatilgan: 46 mlrd so‘m soliq qarzi to‘lanmaguncha ochilmaydi

Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (NAPP) Temu platformasi O‘zbekistonda faoliyatini tiklashi uchun qariyb 46 milliard so‘mlik soliq qarzini to‘lashi shartligini ma’lum qildi. Muzokaralar natijasiz yakunlangan, foydalanuvchilar soni keskin kamaygan.

Invalid Date

Jizzaxda AЭС qurilishi boshlandi: Forishda ilk beton quyildi va muhim kelishuvlar imzolandi

Jizzax viloyatining Forish tumanida O‘zbekiston tarixidagi ilk atom elektr stansiyasi qurilishida muhim bosqich boshlandi — dastlabki beton quyish ishlari rasman yo‘lga qo‘yildi. “O‘zatom” va “Rosatom” o‘rtasida yangi hujjatlar imzolandi, loyiha konfiguratsiyasi tasdiqlandi hamda qurilish maydoni regulator tomonidan ma’qullandi. Ushbu loyiha mamlakat energiya mustaqilligini mustahkamlash va elektr ta’minotining barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Invalid Date

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylar tomini bazalt bilan qoplash: ekologik qurilishda yangi bosqich

Yangi prezident farmoniga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarning tom qismi bazalt qoplamasi bilan jihozlanadi. Ushbu tashabbus ekologik barqarorlikni oshirish, qurilish standartlarini yangilash va 2026 yilgacha yangi me’yorlarni joriy etishni nazarda tutadi.

Invalid Date

O‘zbekistonda blogerlar daromadiga soliq joriy etish masalasi hali muhokamada

Soliq qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Jahongir Abdievga ko‘ra, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarda faol shaxslar daromadini soliqqa tortish bo‘yicha aniq qaror hali qabul qilinmagan. Hozircha turli davlatlar tajribasi o‘rganilib, eng maqbul model tanlanadi.

Invalid Date