Eldor Shomurodov: Mavsumda 13 gol, Jahon chempionati va O‘zbekiston futbolining yuksalishi

Istanbul Basaksehir hujumchisi Eldor Shomurodov mavsumdagi natijalari, O‘zbekiston futbolidagi taraqqiyot va 2026 yilgi Jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

❤️ 0 likes🗓 1/19/2026
Eldor Shomurodov: Mavsumda 13 gol, Jahon chempionati va O‘zbekiston futbolining yuksalishi

Ayni paytda Istanbul Basaksehir safida to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ushbu mavsumda 13 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. 18 turdan so‘ng jamoa 26 ochko jamg‘arib, Turkiya Superligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Turkiyaning Anadolu axborot agentligi O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bilan suhbat e’lon qildi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

Suhbatda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda sport, ayniqsa futbol sohasida sezilarli yutuqlarga erishilayotgani ta’kidlandi. O‘zbekistonlik futbolchilar nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro miqyosda ham tanila boshlagani, bu esa davlatning dunyodagi nufuzini oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Istanbul Basaksehir safida debyut mavsumini o‘tkazgan Shomurodov Turkiya Superligasida 17 o‘yinda 12 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

O‘zbekiston futbolining rivoji haqida so‘zlar ekan, Eldor Shomurodov bu yutuqlar mamlakat rahbariyati tomonidan futbolga qaratilayotgan katta e’tibor va qo‘llab-quvvatlash natijasi ekanini ta’kidladi.

“Yoshlar uchun barcha sohalarda keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu sababli ular o‘z salohiyatini namoyon etib, yuqori natijalarga erishmoqda. O‘ylaymanki, so‘nggi 10–15 yil ichida juda katta taraqqiyotga erishdik”, dedi u.

Suhbat davomida milliy terma jamoa sardori AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi.

“Tariximizda ilk bor 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldik. Bu haqiqatan ham juda quvonchli voqea. Bu kunni uzoq yillar kutgan xalqimiz nihoyatda xursand bo‘ldi. Hozir turnirga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Maqsadimiz munosib ishtirok etish va O‘zbekiston ham futbol mamlakati ekanini dunyoga ko‘rsatishdir.

Guruhdan chiqish imkoniyati har doim mavjud. Albatta, faqat ishtirok bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz va yaxshi natijalar uchun kurashamiz. Eng muhimi, nufuzli musobaqada kuchli terma jamoalarga qarshi ishonch bilan maydonga tushishni istaymiz”, deya qo‘shimcha qildi Shomurodov.

Shuningdek, u O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishini ta’minlagan Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘yinni alohida eslab o‘tdi.

“Bu mening faoliyatimdagi eng unutilmas o‘yin bo‘ldi. Aynan shu uchrashuv bizga Jahon chempionatiga chiqish imkonini berdi. O‘sha kuni butun futbol yo‘lim ko‘z o‘ngimdan o‘tib ketdi”, dedi hujumchi.

Bundan tashqari, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy taomlari, urf-odatlari va madaniy merosi haqida iliq fikrlar bildirdi.

“O‘zbek milliy oshxonasi turk oshxonasidan kam emas. Turli xil milliy taomlarimizdan tashqari, Samarqand, Xiva va Buxoro kabi tarixiy shaharlarimiz bor. Toshkent ham juda o‘zgarib, chiroyli maskanlarga boy bo‘ldi. Xullas, O‘zbekistonga kelgan har bir inson bundan afsuslanmaydi”, deya suhbatni yakunladi futbolchi.

Hozirda Eldor Shomurodov hisobida 13 ta gol va 3 ta assist mavjud, Istanbul Basaksehir esa 18 turdan so‘ng 26 ochko bilan oltinchi pog‘onada bormoqda.

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida kamida 10,5 million dollar oladi

FIFA 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga kamida 10,5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilishini rasman tasdiqladi. Bu qaror musobaqa uchun rekord darajadagi mukofot jamg‘armasi tasd

Invalid Date

Timur Kapadze dunyoning eng yaxshi 10 nafar milliy terma jamoa murabbiyi qatoridan joy oldi

IFFHS 2025 yil yakunlariga ko‘ra sobiq O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyini sakkizinchi o‘ringa loyiq ko‘rdi

Invalid Date

Real Madrid — Betis 5:1: Gonsalo Garsiyadan xet-trik va La Ligadagi ishonchli g‘alaba

Gonsalo Garsiya xet-trik qayd etdi, Real Madrid o‘yin va statistika bo‘yicha ustunlik bilan Betisni tor-mor qildi

Invalid Date

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogini ishonchli g‘alaba bilan boshladi

Saudiya Arabistonida start olgan U23 Osiyo Kubogining birinchi turida Ravshan Haydarov shogirdlari Livan ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi va guruhda peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

Invalid Date

Barcelona Athletic Club’ni yirik hisobda mag‘lub etdi: Superkubok yarim finalida 5:0

Supercopa de España yarim finali: Barcelona 80% to‘p nazorati bilan ustunlik qildi, Raphinha dubl qayd etdi, Ferran Torres va yosh futbolchilar yorqin o‘yin ko‘rsatdi

Invalid Date

Alvaro Arbeloa «Real Madrid» bosh murabbiyi etib tayinlandi — Xabi Alonso jamoani tark etdi

«Real Madrid» Xabi Alonso bilan shartnomani bekor qildi va «Kastilya» murabbiyi Alvaro Arbeloani bosh murabbiy sifatida e’lon qildi

Invalid Date

Yangi murabbiyning ilk g‘alabasi: Real Madrid Levanteni 2:0 hisobida ishonchli mag‘lub etdi

Mbappe va Asensio gollari, 71% to‘p nazorati, 27 zarba va maydondagi to‘liq ustunlik

Invalid Date

Eldor Shomurodov: Mavsumda 13 gol, Jahon chempionati va O‘zbekiston futbolining yuksalishi

Istanbul Basaksehir hujumchisi Eldor Shomurodov mavsumdagi natijalari, O‘zbekiston futbolidagi taraqqiyot va 2026 yilgi Jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Invalid Date