Chelsea-da yangi davr: Enzo Maresca ketdi, Xavi keladimi?
Xavi allaqachon Premyer-ligada murabbiylik qilish istagini ochiq tan olgan bir paytda, Londonning Chelsea klubida kutilgan o‘zgarish yuz berdi. Italiyalik mutaxassis Enzo Maresca jamoada ikki yilga yetmasdan o‘z faoliyatini yakunladi.
So‘nggi yetti o‘yinda atigi bir bor g‘alaba qozongan "ko‘klar" uchun oxirgi nuqta Bournemouth bilan durang (2:2) bo‘ldi. Stamford Bridge tribunalaridagi hushtaklar rahbariyatni qaror qabul qilishga majbur qildi.
“Klubga kelganimdan beri oxirgi 48 soat eng yomoni bo‘ldi, chunki ko‘plab odamlar bizni qo‘llab-quvvatlamadi.”
— Enzo Maresca
Hozirda barcha nigohlar Barcelona afsonasi Xaviga qaratilgan. Erkin agent maqomida bo‘lgan mutaxassis Premyer-ligaga kelishga tayyorligini bildirdi, bu esa London klubi uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin.

