Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 22 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha barcha metan zapravkalari soat 10:00 dan 16:00 gacha odatiy rejimda ishlaydi. Ushbu vaqt oralig‘ida haydovchilarga metan quyish xizmati cheklovlarsiz ko‘rsatiladi.
So‘nggi kunlarda ayrim hududlarda metan quyish shoxobchalari ish vaqti vaqtincha o‘zgartirilgan edi. Bu choralar sovuq mavsumda aholi va ijtimoiy obyektlarni gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida joriy qilingan.
Shuningdek, ba’zi viloyatlarda kechki soat 00:00 dan ertalabgacha metan quyish shoxobchalariga kelgan haydovchilarga chegirmalar taqdim etilmoqda.
