Donald Trampning Shavkat Mirziyoyevga maktubi: O‘zbekiston Yaqin Sharq tinchligi bo‘yicha xalqaro tashabbusga taklif etildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonni G‘azo mojarosini tugatishga qaratilgan va BMT tomonidan ma’qullangan xalqaro Tinchlik kengashining ta’sischi davlati bo‘lishga taklif qildi

❤️ 0 likes🗓 1/19/2026
Donald Trampning Shavkat Mirziyoyevga maktubi: O‘zbekiston Yaqin Sharq tinchligi bo‘yicha xalqaro tashabbusga taklif etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash hamda mavjud mojarolarni hal etishga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy maktub kelib tushdi.

Maktubda qayd etilishicha, mazkur tashabbus 2025-yil 29-sentabr kuni e’lon qilingan bo‘lib, u bir qator jahon yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shuningdek, tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 2025-yil 17-noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan G‘azodagi mojaroni tugatish bo‘yicha kompleks rejaga asoslanadi.

Tashabbus doirasida uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan davlatlarni birlashtiruvchi yangi xalqaro tuzilma — Tinchlik kengashini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Donald Tramp tomonidan yo‘llangan maktubda O‘zbekiston Respublikasiga ushbu Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifi bildirildi. Taklif O‘zbekistonning mintaqaviy va global tinchlikni ta’minlash borasidagi izchil siyosatiga yuqori baho sifatida qayd etildi.

Davlatimiz rahbari AQSh Prezidentiga javob maktubini yo‘llab, unda O‘zbekiston Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z murojaatida mazkur tashabbusni Yaqin Sharq mintaqasida ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan nizolarni bartaraf etish, keng hududda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim xalqaro qadam sifatida baholadi.

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

AQSh G‘azo tinchlik rejasining ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi

Ikkinchi bosqich G‘azoda texnokratik Falastin hukumatini tuzish, hududni to‘liq demilitarizatsiya qilish, HAMASni qurolsizlantirish va keng ko‘lamli qayta qurishni nazarda tutadi

Invalid Date

Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat bo‘yicha: eksport, investitsiya, diplomatiya va fuqarolar manfaatlari

2025-yil yakunlari: 160 mlrd dollar bitimlar, eksport 33,5 mlrd dollar, elchilar uchun yangi KPI va iqtisodiy diplomatiya

Invalid Date

Saudi, Qatar va Oman Trampni Eronga hujumni to‘xtatishga ko‘ndirdi — AFP

Fors ko‘rfazi davlatlarining favqulodda diplomatik sa’y-harakatlari AQShning Eronga zarba berish xavfini kamaytirdi va Tramp pozitsiyasining o‘zgarishiga olib keldi

Invalid Date

Trump Minneapolisdagi tartibsizliklar sabab amerikaliklarga harbiy kuch bilan tahdid qildi

Prezident Insurrection Act’ni qo‘llash imkonini tilga oldi, Minnesota rahbarlari esa federal aralashuvga keskin qarshi chiqmoqda

Invalid Date

María Korina Machado Venesuela siyosiy inqirozi fonida Nobel Tinchlik mukofotini Donald Trampga ramziy tarzda topshirdi

Oq uydagi uchrashuv, Nobel medali bilan bog‘liq ramziy ishora, Trampning Machado yetakchiligiga shubhalari va Maduro ag‘darilgach saylovlar bo‘yicha noaniqlik

Invalid Date

Tramp Grenlandiya ustidan AQSh nazoratini qo‘llamagan davlatlarga boj joriy etish bilan tahdid qildi

AQSh Grenlandiyani nazorat qilish masalasida qo‘llab-quvvatlash bo‘lmasa, tariflar qo‘llanishi mumkinligini Tramp ma’lum qildi

Invalid Date

Yevropa Ittifoqi va MERCOSUR tarixiy erkin savdo kelishuvini imzoladi

25 yildan ortiq davom etgan muzokaralardan so‘ng erishilgan kelishuv global proteksionizm, AQSh tariflari va Xitoy ta’siri kuchaygan bir paytda YeIning Janubiy Amerikadagi mavqeini mustahkamlaydi

Invalid Date

Tramp Grenlandiya sabab Yevropa davlatlariga boj joriy etilishini e’lon qildi

AQSh 2026-yil fevralidan Daniya va yana 7 davlat mahsulotlariga 10–25% tarif belgilaydi, choralar Grenlandiyani to‘liq sotib olish bo‘yicha kelishuvga qadar amal qiladi

Invalid Date