Moldova MDHdan rasman chiqish jarayonini boshladi

❤️ 1 likes🗓 1/20/2026
Moldova MDHdan rasman chiqish jarayonini boshladi

Moldova hukumati mamlakatning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)dagi a’zoligiga asos bo‘lib kelgan uchta muhim kelishuvni bekor qilish jarayonini rasman boshladi. Tashqi ishlar vaziri Mixay Popshoyning ta’kidlashicha, ushbu qaror MDHdan huquqiy jihatdan chiqishni anglatadi, de-fakto a’zolik esa avvalroq to‘xtatilgan.

Vazir 19-yanvar, dushanba kuni Radio Moldova efirida so‘zlagan nutqida, kelishuvlar o‘z kuchini yo‘qotgach, Moldova rasmiy va yuridik jihatdan MDH tarkibiga kirmasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amaliy ishtirok allaqachon yakunlangan edi.

Bosh vazir o‘rinbosari va TIV rahbari bekor qilinayotgan hujjatlar qatoriga 1993-yil 22-yanvarda Minsk shahrida imzolangan MDH nizomi, 1991-yil 8-dekabrdagi MDHni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim hamda ushbu bitimga 1991-yil 22-dekabrda qabul qilingan ilova kirishini aniqlik kiritdi.

Popshoyning aytishicha, denonsatsiya jarayoni allaqachon boshlangan bo‘lib, tegishli hujjatlar yangi parlament sessiyasining ilk kunlaridayoq deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Uning ma’lum qilishicha, hukumat darajasidagi barcha tartib-taomillar fevral o‘rtalariga qadar yakunlanishi mumkin, shundan so‘ng qaror parlament tomonidan qabul qilinadi.

Tashqi ishlar vaziri MDH bilan bog‘liq kelishuvlarni bekor qilishni Moldovaning Yevropa yo‘nalishini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi. Unga ko‘ra, Moldova MDH doirasida jami 283 ta kelishuvni imzolagan bo‘lib, ulardan 71 tasi allaqachon bekor qilingan, yana taxminan 60 tasi denonsatsiya jarayonida.

Shu bilan birga, Popshoy Kishinyov Yevropa integratsiyasi yo‘liga zid bo‘lmagan, iqtisodiy foyda keltiradigan yoki fuqarolar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan kelishuvlardan voz kechish niyatida emasligini alohida ta’kidladi.

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

Antibiotiklar faqat elektron retsept bilan beriladimi? SSV ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga izoh berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi antibiotiklar va ayrim dori vositalarini elektron retsept orqali berish tartibi qachondan kuchga kirganiga aniqlik kiritdi

Invalid Date

AQSh G‘azo tinchlik rejasining ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi

Ikkinchi bosqich G‘azoda texnokratik Falastin hukumatini tuzish, hududni to‘liq demilitarizatsiya qilish, HAMASni qurolsizlantirish va keng ko‘lamli qayta qurishni nazarda tutadi

Invalid Date

Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat bo‘yicha: eksport, investitsiya, diplomatiya va fuqarolar manfaatlari

2025-yil yakunlari: 160 mlrd dollar bitimlar, eksport 33,5 mlrd dollar, elchilar uchun yangi KPI va iqtisodiy diplomatiya

Invalid Date

Saudi, Qatar va Oman Trampni Eronga hujumni to‘xtatishga ko‘ndirdi — AFP

Fors ko‘rfazi davlatlarining favqulodda diplomatik sa’y-harakatlari AQShning Eronga zarba berish xavfini kamaytirdi va Tramp pozitsiyasining o‘zgarishiga olib keldi

Invalid Date

Donald Trampning Shavkat Mirziyoyevga maktubi: O‘zbekiston Yaqin Sharq tinchligi bo‘yicha xalqaro tashabbusga taklif etildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonni G‘azo mojarosini tugatishga qaratilgan va BMT tomonidan ma’qullangan xalqaro Tinchlik kengashining ta’sischi davlati bo‘lishga taklif qildi

Invalid Date

O‘zbekistonda endigina joriy etilgan AQSh fuqarolari uchun vizalar bekor qilindi

AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etildi, Toshkent esa o‘z fuqarolari uchun vizaviy yengilliklardan umid qilmoqda

Invalid Date

BAA Prezidenti O‘zbekiston elchisini oliy davlat mukofoti bilan taqdirladi

Abdulaziz Akkulov diplomatik missiyasi yakuni munosabati bilan Mustaqillik ordenining I darajasiga sazovor bo‘ldi

Invalid Date

Moldova MDHdan rasman chiqish jarayonini boshladi

Invalid Date