Boysun tumanidagi “M-25” konida neft suyuqligi chiqishi: ko‘rilgan choralar va joriy holat

2025-yil dekabr oyining oxirida “M-25” koni hududida neft suyuqligi yer yuzasiga chiqdi, tarqalish oldi olinib, maxsus hovuzlarda xavfsiz saqlash va doimiy monitoring yo‘lga qo‘yildi

❤️ 0 likes🗓 1/5/2026
Boysun tumanidagi “M-25” konida neft suyuqligi chiqishi: ko‘rilgan choralar va joriy holat
Boysun tumanidagi “M-25” konida neft suyuqligi chiqishi: ko‘rilgan choralar va joriy holat

2025-yil dekabr oyining so‘nggi kunlarida Boysun tumanida joylashgan “M-25” koni hududida tarkibida neft saqlovchi suyuqlikning yer yuzasiga chiqishi holati qayd etildi.

Neft suyuqligining keng hududga tarqalishining oldini olish maqsadida kon atrofida hamda soy o‘zani bo‘ylab qo‘shimcha himoya va yig‘uvchi hovuzlar barpo etildi.

Yig‘ib olingan neft suyuqligi uzluksiz ravishda maxsus ajratilgan maydonga olib chiqilmoqda. Ushbu hududda hajmi 5 000 kub metr bo‘lgan, maxsus izolyatsiyalangan ikkita shlam hovuzi mavjud bo‘lib, ular neft suyuqligini xavfsiz saqlash va kelgusida undan samarali foydalanish imkonini yaratadi.

Barcha ishlar amaldagi sanoat va ekologik xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda.

Neft suyuqligi namunalaridan olingan tahlillar asosida uni qayta ishlash imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, hududda geologik tadqiqot ishlari ham davom etmoqda.

Hozirgi vaqtda holat doimiy monitoring ostida bo‘lib, neft suyuqligi chiqishi jilovlangan. Dastlabki kunlarda kanalga oqib chiqqan neft suyuqliklarini tozalash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik taqdim etiladi.

Telegram kanalimizga azo bo'ling

Tavsiya etilgan

Boysun tumanidagi “M-25” konida neft suyuqligi chiqishi: ko‘rilgan choralar va joriy holat

2025-yil dekabr oyining oxirida “M-25” koni hududida neft suyuqligi yer yuzasiga chiqdi, tarqalish oldi olinib, maxsus hovuzlarda xavfsiz saqlash va doimiy monitoring yo‘lga qo‘yildi

Invalid Date

Rossiya AQSh tomonidan ta’qib qilinayotgan neft tankerini qo‘riqlash uchun harbiy kemalar yubordi

Ilgari Venesuela neftini tashigan va sanksiyalar bilan bog‘liq tarixga ega tanker atrofida AQShning ehtimoliy musodara rejasi fonida Rossiya flotining hamrohligi va xalqaro keskinlik kuchaymoqda

Invalid Date

Tramp: Venesuela AQShga 50 million barrelgacha neft topshiradi

AQSh prezidenti Nikolas Maduro hokimiyatdan chetlatilgach, Venesuela vaqtinchalik hukumati millionlab barrel neftni AQShga berishini aytdi, ekspertlar esa bu rejaning amaliy va uzoq muddatli ta’siriga shubha bilan qaramoqda

Invalid Date

Eronda ommaviy norozilik namoyishlari: zo‘ravon to‘qnashuvlar, qurbonlar va butun mamlakat bo‘ylab tarqalish

28-dekabrdan beri Eronda 111 shaharni qamrab olgan noroziliklar: o‘nlab halok bo‘lganlar va minglab hibsga olinganlar

Invalid Date

Venesuela nefti va AQSh rejasi: investitsiyalar, sanksiyalar va ishlab chiqarishni oshirishdagi real to‘siqlar

Venesuela neft qazib olish hajmi global bozorning 1 foizidan kamini tashkil etar ekan, Tramp ilgari surgan $100 mlrdlik investitsiya rejasi yirik kompaniyalar ehtiyotkorligi, siyosiy beqarorlik va milliardlab dollar talab qiluvchi infratuzilma muammolari bilan to‘qnash kelmoqda

Invalid Date

Eron noroziliklari fonida vaziyat nazorat ostida: Tramp Tehron muzokaraga tayyorligini aytdi

Eron tashqi ishlar vaziri bayonoti, AQSh tahdidlari va namoyishlarda halok bo‘lganlar sonining 544 nafarga yetishi

Invalid Date

Zudlik bilan Eronni tark eting: AQSh fuqarolarni darhol chiqib ketishga chaqirmoqda va buni qanday amalga oshirishni tushuntirdi

Eron bo‘ylab norozilik namoyishlari kuchaymoqda, internet va transport cheklovlari joriy etildi, AQSh fuqarolari uchun quruqlik orqali chiqish yo‘llari tushuntirilmoqda

Invalid Date

Eron noroziliklari: qariyb 2 ming kishi halok bo‘lgani aytilmoqda, huquq faollari namoyishchi tezkor qatl etilishi haqida ogohlantirmoqda

Reuters manbasi qurbonlar soni minglab ekanini bildiradi, 26 yoshli Efran Sultoniy ertaga qatl etilishi mumkin, internet blokadasi ma’lumotlarni tasdiqlashni qiyinlashtirmoqda, AQSh va Yevropa Eronga bosimni kuchaytirmoqda

Invalid Date